Namangan viloyati sessiyasida aholini ijtimoiy himoya qiliş, kambağallikni qisqartiriş borasidagi işlarga töxtalib ötildi.
Jumladan, viloyat böyiça 34 ming 761 ta ehtiyojmand oilaning 47 ming 858 nafar mehnatga layoqatli aʼzolari “Temir daftar”ga kiritilgan.
Hozirda ehtiyojmand oilalarning 27 ming 58 tasi yoki 78 foizi hududlardagi tuman va şahar xalq deputatlari Kengaşlari qarorlari asosida ehtiyojmand oilalar röyxatidan çiqarildi.
Bugungi kungaça 34 ming 761 ta oiladagi 47 ming 797 nafar fuqaro işga joylaştirildi.
Şuningdek, “Temir daftar”dagi oilalarga koronavirus pandemiyasi salbiy taʼsirini yumşatiş, moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida 91,9 milliard sömlik moddiy yordam pullari va zarur mahsulotlar tarqatildi.
Jumladan, “Saxovat va kömak” harakati doirasida 49,4 milliard sömlik moddiy yordam körsatilgan









