Tesla kompaniyasi avariyalar xavfini oşirişi mumkin bölgan texnik nosozliklar tufayli AQŞdagi 475 mingta elektromobilini qaytarib oladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan.
Xususan, 2017-2020-yillarda çiqarilgan 356 ming Model 3 ning barçasi qaytarib olinadi. Taʼkidlanişiça, bagajnikni oçiş va yopişda ular orqa köriniş kamerasining simlariga zarar yetkazişi mumkin, bu esa uning işlamay qolişiga olib keladi.
Bundan taşqari, 2014 yildan beri işlab çiqarilgan 119 ming Model S avtomobillari ham qaytarib olinadi. Ularda qulf almaştiriladi, uning notöğri işlaşi tufayli kapot birdan oçilib ketişi mumkin. Tesla’ga köra, ikkala muammo ham qöşimça xarajatlarsiz hal qilinadi.
Maʼlumot örnida, qaytarib olinadigan avtomobillar soni taxminan 2020 yildagi Tesla’ning butun işlab çiqariş hajmiga töğri keladi. Öşanda kompaniya deyarli 510 mingta elektromobil işlab çiqargan.









