Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda qahraton sovuq bölişiga qaramay, 43-sonli maktab öquvçilari tadbir uçun taşqariga olib çiqilgani surati munozaralarga sabab bölgandi.
Andijon viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi bu hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Mazkur xabar yuzasidan Andijon viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi tomonidan işçi guruh tuzilib holat örganilgan:
Joriy yilning 19 noyabr kuni Andijon şahridagi 43-umumtaʼlim maktabiga «Yangi Özbekiston — Yangiça dunyoqaraş» şiori ostida mamlakatimizda közga köringan ziyolilar, sanʼat, fan-maʼdaniyat xodimlari hamda faol nuroniylardan iborat tarğibot guruhi taşrif buyurgan.
Tarğibot guruhi vakillari taşrifida öquvçilar yölakka olib çiqilgan. Ötkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratiş maqsadida mahalla faollari va maktab maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari ularni rasmga olgan.
«Işçi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana şu suratga oliş vaqtida 2-3 daqiqa taşqarida qolişganligi, söng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gaça) ularni sinf xonalariga kirişlari söralganligi taʼkidlandi», deyiladi bayonotda.
Bayonotda aytilişiça, yakuniy xulosaga köra 43-umumtaʼlim maktabi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçisi (D.Nasirdinov), maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.









