Sirdaryoda OTB ajratgan 7 mln dollar “talon-toroj qilingani” aytildi. “Özsuvtaʼminot” izoh bilan çiqdi

Sirdaryoda OTB ajratgan 7 mln dollar “talon-toroj qilingani” aytildi. “Özsuvtaʼminot” izoh bilan çiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bölgan Sirdaryo viloyati Xovos tumanida içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş uçun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 7 mln dollar pul talon-toroj qilingani haqida xabarlar tarqaldi. “Özsuvtaʼminot” AJ mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, 2016 yil 23 avgust kuni “Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tuman markazlarini içimlik suvi bilan taʼminlaş” loyihasini amalga oşiriş böyiça şartnoma rasmiylaştirilgan.

Xalqaro tender komissiyasining bayonnomasiga asosan pudratçi sifatida Turkiyaning “Alke Insaat Sanayi ve Ticaret” kompaniyasi ğolib deb topilgan.

“Mazkur loyihani amalga oşiriş uçun jami 7 mln 310 ming dollar pul ajratilgan edi. Loyiha xabarda aytilayotganidek Osiyo taraqqiyot banki emas, balki Jahon banki iştirokida amalga oşirilgan bölib, bunda Jahon banki tomonidan 6 mln 250 ming dollar, Özbekiston tomonidan esa 1 mln 60 ming dollar ajratilgan.

Uşbu mablağlar talon-taroj qilinmay, pudratçi tomonidan loyihada közda tutilgan barça işlar bajarilgan. Xususan, pudratçi tomonidan subpudratçi “Mega-Mebiko” qöşma korxonasi bilan birgalikda “Sirğali” suv inşootidan Xovos tumanining “Oqçangal” aholi yaşaş punktigaça 28 km masofaga diametri 700 mm bölgan şişa tolali quvurlar yotqizilib, quriliş-montaj işlari 2019 yilning iyun oyida tugatildi”, deyiladi aktsiyadorlik jamiyati xabarida.

Biroq, bugungi kunda quvurlar suv bosimini kötara olmayotgani tufayli tarmoqda bir qança sizgiçlar paydo bölgan. Bu esa, öz navbatida, aholini uzluksiz içimlik suvi bilan taʼminlaş imkonini bermayapti.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, bugungi kunda:

•    birinçidan, şişa tolali quvurlarni polietilen quvurlarga almaştiriş masalasi körib çiqilmoqda;

•    ikkinçidan, mazkur obʼekt “Özsuvtaʼminot” AJ balansida turmayotganligiga qaramasdan, aktsiyadorlik jamiyati mazkur hududda istiqomat qiluvçi aholini içimlik suvi bilan taʼminlaş böyiça amaliy işlar olib bormoqda;

•    uçinçidan, aktsiyadorlik jamiyati pudratçi va quruvçi taşkilotlarga quvurlardagi havo çiqariş uskunalarini yangisiga almaştiriş işlarida amaliy yordam körsatib kelmoqda;

•    törtinçidan, ayni paytda mazkur holat böyiça tegişli idoralar tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda.

×