Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Auktsionda hozir savdo bölayotgan bu avtoraqam qanday qilib berilgan va maşinaga taqilgan" sarlavhasi ostidagi bir neça video lavha va fotosuratlar tarqaldi.
Xabarlarda, oq va qora rangli "Malibu" rusumli transport vositalarida 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisi örnatilgan holati aks yetgan.
IIV YHXBB xabar qilişiça, ayni vaqtda Avtoraqamlar onlayn auksionida 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisi iştirokçilar tomonidan onlayn tarzda öynalib, raqam Samarqand viloyati IIB YHXB RÖ va IOBda saqlanmoqda.

"Uşbu davlat raqami belgisi belgilangan tartibda, yaʼni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 noyabrdagi 687-son qaroriga asosan Samarqand viloyati Samarqand şahrida yaşovçi fuqaroning 2020 yil 7 noyabrdagi murojaatiga asosan auksion savdolariga Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan qöyilgan.
Auktsion savdolari yakuniga köra ğolib deb topilgan fuqaro belgilangan tartibda tölovlarni amalga oşirgan holda 30 Z 777 ZZ davlat raqam belgisini Samarqand viloyati IIB YHXB Röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölimidan avtotransport vositasiga rasmiylaştirib olişi mumkin.
2021 yil 4 yanvar kuni soat 14:10 holatiga uşbu nomer auksion savdolarida öynalayotganligini maʼlum qilamiz.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan asossiz xabarlar yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Tarmoq obunaçilaridan asossiz xabarlar tarqatmasliklarini sörab, yolğon maʼlumot tarqatganlik uçun javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantiramiz" - deyiladi xabarda.









