Qamçiqdagi “baliq yomğiri”ga izoh berildi

Qamçiqdagi “baliq yomğiri”ga izoh berildi

Bugun, 30 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qamçiq dovonida “baliq yomğiri” bölibdi, degan xabarlar tarqaldi. “Qamçiqavtoyöl” IYFUK dovondagi holatga munosabat bildirdi.

Maʼlum bölişiça, mazkur hodisa joriy yilning 26 noyabr kuni soat 16:30 lar atrofida A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 227 km. qismida sodir bölgan.

Dovon yölida harakatlanib ketayotgan xorijiy korxonaga tegişli 40 N 000071 davlat raqamli yengil avtomaşina yukxonasiga joylaştirilgan yelim idişda boqiş uçun yetiştirilgan baliq çavoqlari olib ketayotgan vaqtda harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan oldida ketayotgan yuk avtomaşinasiga borib urilgan. Oqibatda yengil avtomaşinaga joylaştirilgan yelim idiş yorilib, içidagi baliqlar yölga soçilib ketgan.

Mazkur transport hodisasida heç kim jabrlanmagan. Yölga soçilib ketgan baliq çavoqlarning asosiy qismi nobud bölmasdan yiğiştirib olingan.

×