Olimlar koronavirusni 2 daqiqa içida yöq qiliş usulini topişdi

Olimlar koronavirusni 2 daqiqa içida yöq qiliş usulini topişdi

Tarkibida rux yoki qalay bölgan tiş pastalari koronavirusni ikki daqiqa içida 99,9 foizga yöq qilişi mumkin. Bu haqda Britaniya stomatologiya assotsiatsiyasining British Dental Journal naşrida çop etilgan tadqiqot natijalarida maʼlum qilindi.

Şuningdek, tarkibida tsetilpiridiniy xloridi bölgan oğiz çayiş vositalari ham oğizdagi koronavirusni yöqotgan. Bu unsurni tiş pastalari va tomoqqa sepiladigan spreylar tarkibida ham uçratiş mumkin.

Tsetilpiridiniy xloridi xususiyatlaridan koronavirusni davolaşda emas, balki uning profilaktikasida foydalaniş kerak.

Tsetilpiridiniy xloridi SARS-CoV-2 virusining lipid qobiğini yemiradi va uning yöq qilinişiga olib keladi. Şuning uçun koronavirus yuqtirgan bemor tarkibida uşbu unsur bölgan vosita bilan oğzini tez-tez çayib turişi lozim.

×