Xyuston universiteti olimlari koronavirusni tutib qolib, uni bir zumda öldirişga qodir havo filtrini yaratdi. Mazkur ixtiroda 200 darajagaça qiziydigan nikel köpigidan foydalanilgan, deb yozadi «Medikforum».

Taʼkidlanişiça, Galveston milliy laboratoriyasida ötkazilgan testlar natijasida sotuvda bölgan nikel köpigi orqali ötgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusining 99,8 foizi halok bölgan. Şuningdek, filtr Sibir kuydirgisining 99,9 foizini yöq qila olgan.
«Mazkur filtr koronavirus tarqalişini töxtatiş yölida aeroportlar va samolyotlarda, binolar içidagi ofislarda, maktablar va sayohat kemalarida foyda berişi mumkin», — deydi tibbiyot fanlari doktori Çjifeng Ren.
Şuningdek, olimlar stol ustiga örnatilib, ofisdagi xodimlar uçun havoni tozalab berişga qodir modelni ham tadqim etmoqda.
Avvalroq Bahraynda koronavirusni yöq qila oladigan robot yaratilgani, Ford esa politsiyaçilar avtomobilida koronavirusni öldiradigan tizimni işga tuşirgani töğrisida xabar berilgandi.









