AQŞda raketa uçirilganidan 2,5 daqiqa ötib, portlab ketdi

AQŞda raketa uçirilganidan 2,5 daqiqa ötib, portlab ketdi

Amerikaning Firefly Aerospace xususiy kompaniyasining Alpha raketasi AQŞda birinçi sinov doirasida muvaffaqiyatli uçirilganidan bir neça daqiqa ötib portladi. Parvoz kompaniya saytida namoyiş etilgan.

Raketa Kaliforniya ştatidagi Vandenberg aviabazasi joylaşgan maydondan soat 21:59 (Toşkent vaqti bilan 3 sentyabr kuni soat 06:59) da uçirilgan. Taxminan ikki yarim daqiqadan söng, öşa paytda tovuşdan yuqori tezlikda harakatlanayotgan raketa havoda portlagan. 

“Alpha raketasi birinçi bosqiçda anomaliyani boşdan keçirdi, bu esa qurilmaning yöqolişiga olib keldi”, deyilgan kompaniya xabarida. 

Kompaniya vakillarining sözlariga köra, işga tuşiriş arafasida kutilmagan holatlar yuz berganda xodimlarning xavfsizligini taʼminlaş uçun barça çoralar körilgan. 

Alpha taxminan 93 kg oğirlikdagi yukni past orbitaga yetkazib berişi rejalaştirilgan edi. Kelgusida Firefly Aerospace öz raketalari yordamida tijorat asosida oğirligi bir tonna va 630 kg gaça bölgan yuklarni mos ravişda 300 km va 500 km balandlikdagi orbitalarga çiqarişni rejalaştirmoqda. 

Maʼlumot örnida, Firefly Space Systems kompaniyasi 2014 yilda hozirgi boş direktori Tomas Markusik tomonidan taşkil etilgan. 2017 yilda bankrot bölganidan söng, kompaniyani ukrainalik tadbirkor Maksim Polyakov firmasi sotib olgan, şundan söng u Firefly Space deb nomlangan. Kompaniyaning boş qarorgohi Texas ştatining Ostin şahrida joylaşgan.

×