Kelin-kuyov töydan uç daqiqa ötgaç ajraşişdi

Kelin-kuyov töydan uç daqiqa ötgaç ajraşişdi

Quvaytda er-xotin nikohlari qayd etilgaç uç daqiqa ötib ajraşişdi. Bu haqda marosimga kelgan mehmonlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan.

Gap şundaki kelin töyxonadan çiqib ketayotganda qoqilib ketadi va yiqilib tuşişiga oz qoladi. Kuyov esa unga «axmoq», deb tanbeh beradi. Kelin haqoratga çiday olmaydi va nikohni qayd etiş zaliga qaytib keladi, nikohni bekor qilişga erişadi, deb yozadi Al Mesryoon mahalliy naşriga tayanib MIR 24.

Bu xabar Daily Mail naşrida çop etilgaç, öquvçilar quyidagi mazmundagi izohlarni qoldirişgan:

«Agar erkak halitdan ayolni şunday behurmat qilgan bölsa, yaxşisi uni tinç qöygani yaxşi», «er-xotin örtasida özaro hurmat bölmagan nikoh boşidanoq buzilgani maʼqul»...

Xuddi şunday yana bir voqea yaqinda xorij naşrlarida tasvirlangandi. Töy oldidan kelin kuyovdan internetda maşhur prankni takrorlamaslikni, yaʼni unga tort otmaslikni söraydi. Kuyov kelinning istagini beeʼtibor qoldiradi va tortni rafiqasiga otadi – yuzini, soçlarini, köylagini şirinlik bilan bejab qöyadi. Kelin töyxonani tark etib mehmonxonada tunaydi, ertasi kuni nikohni bekor qildiradi.


Teglar:
×