Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Gebreyesus Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorçilik maktubini yöllab, soğliqni saqlaş sohasida yuzaga kelişi mumkin bölgan har qanday inqirozlarga şay turişga tayyorgarlik köriş vaqti kelganini maʼlum qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Janobi oliylari!
2020 yil sentyabr oyida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisidagi xalqaro kodeks loyihasini Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga (JSST) taqdim etganingiz uçun sizga minnatdorçilik bildiriş şarafiga muyassarman.
COVID-19 pandemiyasi butun dunyo böylab hamjamiyatlar va mamlakatlarga talafot yetkazişda davom etmoqda. Ötkir xalqaro inqirozga duç kelib, men favqulodda global yetakçilik va birdamlikka, imkon qadar keng doiradagi şeriklarni birlaştirişga, köp tomonlama saʼy-harakatlarni işga soliş va heç kimning orqada qolib kelmasligini taʼminlaşga çaqirdim. Salkam bir yilda biz ilm-fan, vaktsinalarni işlab çiqiş, soğliqni saqlaş amaliyotidagi misli körilmagan yutuqlar, jamoatçilikni safarbar qiliş va siyosiy sobitqadamlik tufayli kuçli yetakçilikka erişişning imkoni borligini kördik.
Pandemiya soğliqni saqlaş tizimlarimiz zaif ekanini körsatdi, tibbiy va ijtimoiy tengsizlikni kuçaytirdi hamda soğliqni saqlaş iqtisodiy taraqqiyot va xavfsizlikda markaziy örin egallaşini namoyiş etdi. Pandemiyani nazoratga olib, tiklanişga investitsiya yönaltirayotgan ekanmiz, kelajakka ham tayyorgarlik körişimiz lozim. Bunday vaziyat yana takrorlanişiga yöl qöyolmaymiz.
Janobi oliylari, Xalqaro kodeks loyihasini işlab çiqiş masalasida uzoqni közlaganingiz va bu jarayonda yetakçilik qilganingiz uçun sizdan minnatdorman. Biz hujjatni diqqat bilan örganib çiqdik. Unda qöyilgan vazifalarning kölami va taklif etilgan amaliy yeçimlar menda katta taassurot qoldirdi. Kodeks loyihasi taqdim etilgani öz vaqtida qabul qilingan qaror böldi.
Ötgan yili biz pandemiyadan köp saboq çiqardik va endilikda kelajakka nazar taşlaşimiz kerak. Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining COVID-19ga qarşi çoralar böyiça WHA73.1 rezolyutsiyasiga muvofiq men 2020 yil sentyabr oyida iş boşlagan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (2005 yil) amal qilişini örganiş qömitasini çaqirdim hamda Pandemiyaga şaylikni taʼminlaş va javob çoralari böyiça Mustaqil guruhni taʼsis etdim.
Bundan taşqari, aʼzo davlatlar tomonidan amalga oşirilayotgan jarayon doirasida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga qöşimçalar kiritiş maqsadida pandemiyaga şaylik va javob çoralari töğrisida global hadli konventsiyani işlab çiqiş imkoniyati yuzasidan munozaralar davom etmoqda. Mazkur masala 2021 yil 18 mart kuni ötgan JSSTning taşkilotga aʼzo davlatlar uçun möljallangan axborot sessiyasida muhokama qilindi, bu köplab mamlakatlarda qiziqiş uyğotdi va keyingi muhokamalar uçun qadam bölib xizmat qildi.
Barçaning xavfsiz kelajagiga sarmoya kiritiş, barqaror va işonçli soğliqni saqlaş tizimlarini barpo etiş hamda soğliqni saqlaş sohasida yuzaga kelişi mumkin bölgan har qanday inqirozlarga şay turişga tayyorgarlik köriş vaqti keldi. Janobi oliylari, siyosiy yetakçiligingiz tufayli sizning bu boradagi iştirokingiz hal qiluvçi ahamiyatga ega. Siz taqdim etgan Xalqaro kodeks loyihasi pandemiyani örganiş böyiça amaldagi jarayonlarga va pandemiyaga qarşi kuraşiş böyiça har qanday bölajak xalqaro hujjatni rejalaştirişga bevosita boğliq. Siz uşbu saʼy-harakatlarda şaxsan iştirok etişda davom etişingizga umid qilaman.
Janobi oliylari, COVID-19 pandemiyasini oldini oliş va barçaning soğlom va xavfsiz kelajagini taʼminlaş işiga sodiqligingiz uçun sizga yana bir bor taşakkur bildiraman. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti jamoat salomatligi sohasidagi uşbu global favqulodda vaziyatda siz bilan hamjihatdir.
Janobi oliylari, sizga bölgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Eng ezgu tilaklar va minnatdorlik bilan
Doktor Tedros Adanom Gebreyesus, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori
Eslatib ötamiz: Özbekistonda 26 mart kuni 186 kişida koronavirus infektsiyasi tasdiqlanib, infektsiya qayd etilganlarning umumiy soni 82 146 kişiga, hozirga qadar kasallikdan vafot etganlar soni 625 nafarga yetdi.









