Jahon liderlari Şavkat Mirziyoyevga tabrik yölladi

Jahon liderlari Şavkat Mirziyoyevga tabrik yölladi

Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident Şavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Ularda xorijiy hamkorlarimiz mamlakatimizning istiqlol yillaridagi yuksak muvaffaqiyatlarini alohida qayd etgan. Keyingi yillarda demokratik yangilanişlar, köp millatli xalqimiz turmuş sifati va farovonligini oşirişga qaratilgan keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oşirişdagi natijalar, şuningdek, yangi Özbekistonning mintaqadagi yetakçi roli eʼtirof etilişiga va mamlakatimiz xalqaro nufuzining mustahkamlanişiga xizmat qilayotgan konstruktiv va pragmatik taşqi siyosatni olib borişdagi yutuqlar taʼkidlangan.

Maktublarda davlatimiz rahbariga yangi muvaffaqiyatlar, Özbekiston xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Qutlov egalari röyxatida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş, XXR raisi Si Tszinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQŞ prezidenti Jo Bayden, Qozoğiston birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev va amaldagi rahbar Qosim-Jömart Töqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va boşqalar bor. 

Töliq röyxat bilan uşbu havolada tanişişingiz mumkin. 

×