Özbekistonda 2019—2020 yillarda 1986 nafar mansabdor şaxs noqonuniy xatti-harakati bilan davlatga 2 trillion söm zarar yetkazgan va korruptsiyaga oid jinoyatlari uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Şavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaning 28 yilligi munosabati bilan Özbekiston xalqiga yöllagan bayram tabrigida aytildi.
Taʼkidlanişiça, aholi muammolarini örganiş natijasida 2,5 milliondan ziyod aʼzosi bölgan 590 mingdan ortiq oilani qöllab-quvvatlaş uçun 840 milliard söm mablağ ajratilgan. Xususan, har bir xonadondagi ayollar va yoşlarning ehtiyoji, hayotiy muammolari aniqlanib, 300 mingga yaqin oilaning mehnatga layoqatli aʼzolari iş bilan taʼminlangan.
«Taraqqiyot kuşandasi bölgan korruptsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşişning taʼsirçan mexanizmlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş lozim. Sönggi ikki yilda noqonuniy xatti-harakati bilan davlatga 2 trillion söm zarar yetkazgan 1986 nafar mansabdor şaxs korruptsiyaga oid jinoyatlari uçun jinoiy javobgarlikka tortilgani bu masala naqadar dolzarb ekanini körsatadi», deya taʼkidladi Prezident.
Maʼlum qilinişiça, mazkur yönalişdagi işlarni tizimli va kompleks davom ettiriş uçun 2021—2025 yillarga möljallangan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş milliy strategiyasi ustida iş olib borilmoqda.
«Şu örinda yana bir bor taʼkidlab aytaman: bu masala biz uçun öta muhim va ustuvor vazifa bölib qoladi. Çunki korruptsiya — bu davlatimizni iç-içidan yemirib, milliy xavfsizligimizga raxna soladigan ğoyat xatarli tahdid va unga qarşi murosasiz kuraş olib boriş — barçamizning burçimizdir», — dedi Şavkat Mirziyoyev.









