Jinoyatçi amaldorlar 4 yilda davlat va jamiyatga 3,5 trln söm zarar yetkazgan

Statistika böyiça Özbekistonda mansabdor şaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018 yilda 556 mlrd, 2019 yilda 1,858 trln, 2020 yilda 500,1 mlrd, 2021 yilning 9 oyida 658 mlrd (jami 3 trln 572,1 mlrd) söm moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Zuhra Şodiyeva maʼlum qildi.

Deputat Oliy Majlis Qonunçilik palatasida birinçi öqişda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taʼminlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi bilan mansabdor şaxslarga nisbatan çoralar kuçaytirilayotganini taʼkidlagan.

Xususan, “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş”, “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş”, “Hokimiyat harakatsizligi”, “Mansab soxtakorligi” va “Hokimiyatni suiisteʼmol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi” jinoyatlar agar “ğarazgöylik” niyatida sodir etilsa, korruptsiyaviy jinoyat hisoblanişi belgilanib, mazkur harakatlar uçun oğirroq jazolar belgilanyapti.

Zuhra Şodiyeva korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun aybdor şaxsga nisbatan jazo çoralarini yanada kuçaytiriş maqsadida, jinoyatlar mansab mavqeini suiisteʼmol qiliş yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanayotganini urğulagan.

Şuningdek, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş uçun hukm qilingan, biroq jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni töliq qoplamagan şaxslarga hamda poraxörlik bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş va jazoni yengilroği bilan almaştiriş tatbiq qilinmasligi nazarda tutilmoqda.

×