Kaliforniyadagi yonğinlar yetkazgan zarar qiymati 275 mlrd dollarga yetdi

Kaliforniyadagi yonğinlar yetkazgan zarar qiymati 275 mlrd dollarga yetdi

AQŞning Kaliforniya ştatida yuz bergan yonğinlar oqibatida yetkazilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga köra, 250-275 milliard dollarni taşkil etmoqda. Bu haqda “AccuWeather” ob-havo kuzatuv servisi xabar berdi.

“AccuWeather” tez tarqalayotgan va kuçli şamol bilan alangalanayotgan yonğinlar sababli Janubiy Kaliforniyada umumiy zarar va iqtisodiy yöqotişlar böyiça dastlabki bahosini yangiladi va uni 250-275 milliard dollarga oşirdi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, Los-Anjeles okrugida 7 yanvar kuni boşlangan kuçli örmon yonğinlari dastlab Pasifik-Paliseyds qirğoq hududiga zarar yetkazdi. Keyin esa bir neçta boşqa yonğin öçoqlari yuzaga keldi. Vaziyatni kuçli şamol yanada oğirlaştirib, olovning keng tarqalişiga olib kelmoqda. Taxminan 180 ming kişi öz uylarini tark etişga majbur böldi, minglab bino va inşootlar yonib ketdi. Köplab Gollivud yulduzlari, jumladan, aktyorlar Mel Gibson va Entoni Xopkins, qöşiqçi Peris Xilton va boşqalarning ham uy-joylari kulga aylandi. AQŞ Prezidenti Jo Bayden uşbu hodisani yirik tabiiy ofat deb eʼlon qilib, ştatga federal yordam körsatişni buyurdi. Saylangan prezident Donald Trampning sözlariga köra, yetkazilgan zarar kölami yadro hujumidan ham jiddiyroq.


Teglar:
×