Bugun, 1 dekabr kuni Pro-liganing hal qiluvçi öyinida Farğona viloyatining ikki jamoasi - Yaypanning “Turon” va Farğonaning “Neftçi” jamoalari örtasida ötgan öyin oxirida muxlislar maydonga çiqib ketib, ommaviy tartibsizlik röy berdi.
Pro-liga ğolibligi va Superligaga çiqiş yöllanmasini taqdim etuvçi öyinda “Turon” jamoasi ğalaba qozondi. Klub şu bilan öz tarixida birinçi marta çempionatning yuqori ligasiga yöllanma oldi. “Neftçi” futbolçilari esa mağlubiyatni qabul qila olmadi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolarda farğonalik futbolçilardan biri öyin boş hakami Şavkat Nasibullayevga sakrab zarba bergani aks etgan. Bundan taşqari, klub xodimlari va maydonga çiqib kelgan muxlislar ham hakamlarga taşlangan. Maʼlumotlarga köra, qanot hakamlaridan birining boşi yorilgan.









