Makkada öğrilik qilgani aytilayotgan özbekistonlik ayollarning boşi olinişi haqida ovozli xabar tarqaldi

Makkada öğrilik qilgani aytilayotgan özbekistonlik ayollarning boşi olinişi haqida ovozli xabar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarga Xorazm viloyatida yaşovçi uç nafar ayolning Haj safari paytida öğrilik qilgani uçun qatl etilib, boşini Arabistonga olib ketişmoqçi ekani haqida ovozli xabarlar sizdirildi. Ularda aytilişiça, uç nafar ayol Haj safariga borgan paytida Makka şahrida dökondan tilla taqinçoqlarni öğirlagani uçun Arabistonga kelsa, qölini çopişlari, kelmasa kallasini çopib Arabistonga olib borişmoqçi bölişgan. Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi holatga munosabat bildirib, uşbu xabarlarni yolğon deb topdi. 

Maʼlum qilinişiça, mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib ötilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasiga qilgan murojaatiga asosan tekşiruvlar olib borilgan. Natijada uşbu ovozli xabarlarni tarqatgan şaxslar aniqlangan.

Dastlabki suriştiruvlar jarayonida ular uşbu ovozli xabarlarni heç qanday asossiz tarqatgani maʼlum bölgan.

“Hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan şaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


×