Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, “Burçmulla” MFY hududidagi Çorvoq suv omborida çökib ketgan 3 nafar fuqaro (ota va 2 nafar öğil)lardan birining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 3 nafar fuqaro katerda sayrga çiqqan va suvga tuşiş taqiqlangan hududga borib himoya nimçasiz suvga tuşib çökib ketgan. Xabar kelib tuşgan zahoti FVV ğavvos-qutqaruvçilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv işlarini boşlagan.
Şuningdek, qidiruv işlari kölamining kengligi va suv omborining çuqurligini inobatga olib, hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri topşiriğiga asosan ştab faoliyati taşkil etilib, qöşimça ravişda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boşqarmalaridan qöşimça kuçlar jalb etilgan. Şu bilan birga, qidiruv işlarida barça zarur texnika va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda.
“Olib borilgan qidiruv işlari natijasida bugun soat 13:02 da çökib ketgan fuqarolardan birining jasadi topildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, qidiruv işlari davom ettirilmoqda.
Özi nima bölgan edi?
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Toşkent viloyatidagi Çorvoq suv omborida çökib ketgan bir oila katerda suv böylab sayr qilgan va suratga tuşiş maqsadida çömiliş taqiqlangan hududda töxtagan. Keyinçalik ular şu joyning özida çömilişga qaror qilgan. Aytilişiça, çömiliş vaqtida ular qutqaruv nimçalaridan foydalanmagan. Katerni boşqarib kelgan haydovçi fuqarolarga suvga tuşişdan avval qutqaruv nimçalarini kiyişni tavsiya qilgan, biroq uning tavsiyasiga rioya qilinmagan.
Suvga tuşgan birinçi bola oyoğining tomiri tortib qolgan. Şundan söng otasi uni qutqariş uçun suvga tuşgan. Keyin yana bir öğil suvga kirgan. Şu tariqa ota va uning ikki öğli ketma-ket çökib ketgan. Şuningdek, hodisa sodir bölgan hududda şamol bölib turgan, suvda ozgina tölqin hosil bölgan. Öşa jarayonda çökiş holati yuz bergan. Hodisa vaqtida katerda ayol va yana ularning bir singlisi ham bölgan. Ular atrofdagilardan yordam söragan. Kater haydovçisi ham suvga tuşib, ularni qutqarişga uringan, biroq buning imkoni bölmagan.









