Moliya vazirligi Özbekistonning davlat qarzi miqdorini oşkor qildi

Moliya vazirligi Özbekistonning davlat qarzi miqdorini oşkor qildi

2020 yil 1 aprel holatiga, Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldiği dastlabki hisob-kitoblarga köra 18,2 mlrd AQŞ dollari ekvivalentini yoki yalpi içki mahsulotga (YAIM) nisbatan 31,3 foizni taşkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi maʼlum qildi.

Xususan, I çorakda davlat taşqi qarzi 0,5 mlrd. AQŞ dollariga yoki yil boşiga nisbatan 2,9 foizga oşib, joriy yilning 1 aprel holatiga 16,11 mlrd. AQŞ dollariga yoki YAIMga nisbatan 27,7 foizga yetdi.

Şundan:

•    Hukumat nomidan jalb qilingan taşqi qarz - 10,9 mlrd. AQŞ dollari;

•    Hukumat kafolatlagan taşqi qarz – 5,2 mlrd. AQŞ dollari.

Davlat içki qarzi 20,0 1 trln. sömni (2,1 mlrd. AQŞ dollari) yoki YAIMga nisbatan 3,6 foizni taşkil etdi.

Şundan:

•    Hukumat nomidan jalb qilingan içki qarz – 1,7 trln. söm (0,2 mlrd. AQŞ dollari);

•    Hukumat kafolatlagan içki qarz – 18,3 trln. söm (1,9 mlrd. AQŞ dollari).

Davlat qarzining söngi yillardagi ösişi dinamikasiga qaramay, xalqaro meʼyorlarga köra Özbekiston Respublikasi Davlat qarzi (YAIMga nisbatan 31,3 foiz), şu jumladan davlat taşqi qarzi (YAIMga nisbatan 27,7 foiz) möʼtadil darajada saqlanib qolmoqda.

Jahon banki va Xalqaro valyuta jamğarmasining Qarz barqarorligi tahliliga köra, özining iqtisodiy salohiyati böyiça Özbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat körsatiş salohiyati kuçli hisoblanadi va uşbu mamlakatlarda davlat taşqi qarzi uçun meʼyor Yalpi içki mahsulotning 50% gaça taşkil etişi mumkin.

Xalqaro valyuta jamğarmasi tomonidan 2020 yil 19 may kuni çop etilgan Qarz barqarorligi hisobotida respublikaning qarzga xizmat körsatiş salohiyati yuqori, davlat taşqi qarzi esa möʼtadil darajadaligi qayd etilgan. Şuningdek, mamlakatning qarzni tölay oliş salohiyatining umumiy indikativ körsatkiçi (SI) 3,1 birlikdan 3,2 birlikka kötarildi.

2020 yil birinçi çoragida davlat qarzi qoldiğining ösişini şakllantiruvçi asosiy omillar:

•    Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan taşqi qarz bitimlari doirasida özlaştirilgan mablağlar qoldiği 200 mln AQŞ dollariga;

•    Davlat kafolati ostida imzolangan taşqi qarz bitimlari doirasida özlaştirilgan mablağlar qoldiği 400 mln. AQŞ dollariga;

•    700 mlrd. söm miqdorida davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişi hamda 250 mlrd. sömga teng içki qarzdorlik söndirilişi natijasida davlat qimmatli qoğozlari qoldiği 450 mlrd. sömga oşdi.

×