Turli nayranglarni qöllagan holda bojxona çegaralarini çetlab ötişga bölgan urinişlarga qarşi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kuraş olib borilmoqda.
Jumladan, Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Ğiştköprik” çegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro Ye.A. boşqaruvidagi “TOYOTA LAND CRUISER” rusumli avtotransport vositasi xolislar iştirokida bojxona körigidan ötkazildi.
Natijada, avtomaşinada tegişli hujjatlari va oğzaki sörovda aytilmagan 1 dona pnevmatik töpponça, 2 dona pnevmatik töpponça uçun gaz balon hamda 310 dona pnevmatik öqlar borligi aniqlandi
Yana bir holatda, Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “S.Najimov” çegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro A.I. boşqaruvidagi avtotransport vositasi bojxona körigidan ötkazildi.
Natijada, avtomaşina yukxonasidagi çang yutgiç içida yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan va oğzaki sörovda maʼlum qilinmagan 1 dona pnevmatik töpponça hamda 243 dona pnevmatik töpponça uçun möljallangan öqlar borligi aniqlandi.
Şuningdek, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi “Farğona aeroporti” çegara bojxona postida “Yaşil yölak” orqali xarakatlanayotgan fuqaro D.J.ning xatti-harakatlari bojxonaçilar eʼtiborini tortdi va uning qöl yuklari bojxona nazoratidan ötkazildi.
Natijada, yuklar orasida bojxona xodimlariga oğzaki sörovda maʼlum qilinmagan va yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan 2 dona 12 kalibrli ov qurollari borligi aniqlandi.
Hozirda uşbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.









