«Counter Strike» böyiça 1 mln. dollarlik turnir finalida qatnaşgan özbek. Kim u?

«Counter Strike» böyiça 1 mln. dollarlik turnir finalida qatnaşgan özbek. Kim u?

8 sentyabr kuni Germaniyada «StarLadder Berlin Major 2019» turniri finali bölib ötdi. Sovrin jamğarmasi 1 mln. dollarlik uşbu yirik turnir finaliga qadar yetib borgan «AVANGAR» jamoasi tarkibida yelkasiga Özbekiston bayroğini tutib olgan yigit köpçilikning eʼtiborini tortdi. Tanişing: kibersport olamida «SANJI» nomi bilan maşhur bu yigit — Sanjar Kuliyev. Garçi Sanjarning jamoasi finalda juda nomdor raqib — Daniyaning «Astralis» jamoasiga mağlub bölgan bölsa-da, turnirdagi yorqin öyinlari bilan «Counter Strike» ixlosmandlarida iliq taassurot qoldirdi. Final ğolib  jamoasi turnirdan 500 ming dollar bilan uyiga qaytdi. Sanjar iştirok etadigan Qozoğiston jamoasi esa 150 ming dollarli böldi.

Sanjar Kuliyev özi kim? U qanday qilib bunday yirik turnirlar yulduziga aylandi? Eʼtiboringizga Rossiyaning «Çempionat» naşri tomonidan uyuştirilgan intervyuni taqdim etamiz.

— Sönggi turnirlardan keyin siz haqingizda köp gapirila boşlandi. Biroq, afsuski, siz haqingizda köp maʼlumotga ega emasmiz. Keling, oddiy savoldan boşlaymiz: «Counter Strike»ga qiziqişingiz qaçon uyğongan?

— Hamma qatori, menimça. Döstlarimiz bilan futbol, basketbol öynaganmiz va bu öyinlardan biroz çarçagan paytimizda «DotA» va «Counter-Strike» böyiça bellaşganmiz. Avvaliga unisiniyam, bunisiniyam öynayverganman, keyinçalik aynan «Counter-Strike» meni öziga köproq jalb qilgan. Menimça, unda individual faktorlar köproq va unda özingni körsatiş, imkoniyatlaringni: tezkorlik, diqqatli böliş, töğri qaror qabul qilişni namoyiş etiş imkoni bor. «Dota»da köp narsa sening özingga boğliq emas.

— Va tezda kibersportga bor eʼtibor qaratildimi?

— Ha, albatta! Men 12-13 yoşimda Özbekiston çempioni bölganman. Afsuski, öşa paytlarda sayohat qiliş imkoni yöq edi, bu unçalik rivojlanmagandi. Texnik jihatdan ham hammasi köngildagidek emasdi.

— Özbekistonda kompyuter öyinlariga kasb sifatida qanday qaraladi?

— Töğri qabul qilinadi. Döstlarim CS 1.6 vaqtidan öynaşadi va yirik turnirlarda qatnaşişadi. Ota-onam esa bu kasb menga yoqişini va u pul keltirişini bilişadi.

— Texnik muammolarni hal qiliş uçun qiziq yöl tutgan ekansiz — yangi kompyuter oliş uçun Koreyaga işlaşga borgansiz. Bu ğoya qanday kelgandi?

— Töğrisini aytsam, bu haqda gapirişni unçalik yoqtirmayman. Buni ajablanarli tomoniyam yöq. Öşanda 18 yoşda edim. Koreyada yaqinlari bölgan özbekistonlik köplab döstlarim şunday qilişgan. Bu qiyin emas. Men istalgan vaqtda Koreyadagi döstimga qönğiroq qilişim mumkin edi, u yoqda onam yaşardi. Şu sabab Koreyada özimni suvdagi baliqdek his qilardim.

Ota-onamdan pul söramaslik uçun men ham kompyuterga, ham özim uçun pul işlab topdim. Çunki pul sörasam özimni noqulay his qilardim. Işlab topgan pulim hisobiga men bemalol uyda qolib öyinga köproq vaqt ajratişim mumkin edi.

— Bu karera qilişingizga imkon berdimi?

— Bungaça professional jamoalarda öynamasdim. Birdaniga FaceIT professional ligasiga çiqişga harakat qildim. Bunga taxminan yarim yilça vaqt ketdi. Yakunda vazifani uddalay oldim. Albatta, internet bilan boğliq muammolar hamon saqlanib qolgandi, biroq boşqa çoram ham yöq edi. Nima qilib bölsa-da, professional darajaga kötarilişim zarur edi.

— «Liquipedia»da aytilişiça, siz CS:GOda FPLni 2000 soatda bosib ötgansiz. Şu töğrimi?

— Bu CS 1.6ni hisobga olmaganda, albatta. Bizning versiya «Steam»siz edi, şuning uçun heç qanaqa statistika bölmagan. Şunçaki öyin fizikasini tuşuniş lozim bölgan. Umuman olganda bu öşa öyin, faqat xaritalar boşqaça. Gap şundaki, men öşa 2000 soat içida kelajakda nima qilişimni, nimalarga erişişni xohlaşimni tuşunib yetganman. Men şunçaki zavq oliş yoki fanatlik uçun öynamaganman, öyinni tuşuniş uçun maşq qilganman. Şunçaki öynaşni men şundoq ham istalgan paytda qilişim mumkin edi.

— «AVANGAR»ga qanday kelib qolgansiz?

— Murabbiy Dastan Akbayev va taşkilot boş direktori Yengun Kim meni çaqirişdi. Lekin jamoaga qöşiliş uçun emas, avvaliga sinovlardan ötiş uçun. Oson bölmasligini bilardim, bor imkoniyatimni körsatişim zarur edi. Hamon imkoniyatlarimni körsatişga va isbotlaşga urinaman. Biz kamida TOP-10ga kirişni xohlaymiz, buning uçun qattiq mehnat qilamiz. Ayniqsa, turnirlarda bizdan köp narsa kutişlari katta bosim yuklaydi. Köpçilik bizdan turnirda heç bölmaganda TOP-2ga kirişimizni kutişadi. Bu işonçni oqlaş uçun biz bir neça barobar qattiqroq işlaşimizga töğri keladi.

— Yaqinda yirik turnir finaliga çiqdingiz. Turnir oldidan hayajonda ekaningizni bildirgandingiz, çempionatda bu hayajonni yenga oldingizmi?

— Hayajon har bir turnir oldidan böladi. Şunçaki u har xil qabul qilinadi. Men hanuzgaça özimni qulay his qila olmayman. Misol uçun, menga sahnaga birinçi bölib çiqişni söraşdi. Men esa: «Yöq, yöq, yöq!». Men sahnani yoqtirmayman, köproq sahna ortida bölişni maʼqul köraman. Men şunçaki öz işini qiluvçi ijroçiman. Aslini olganda hanuzgaça katta natijalarga erişganimni töliq anglab yeta olganim yöq.

— Kibersportçining yutuği uç jihatdan taşkil topadi: mahorat, mehnatsevarlik va omad. Nima deb öylaysiz, sizning holatingizda qay biri birinçi örinda turadi?

— Menimça, avvalo mahorat. Keyin omad va mehnatsevarlik, 50 ga 50. Menga, masalan, «Syman Gaming» butkempiga boriş omadi kulib boqqan. Biroq, bu mehnatsevarligim natijasi ham bölgan. Axir, men öynaganman va FaceIT murabbiyi eʼtiboriga tuşganman. Bilmayman, bu sodir bölmaganida hozir nima bölardi. Bu endi umuman boşqa tarix.

×