Yangi metro vagoni tomidan suv sizib çiqdi. «Toşkent metropoliteni» bunga qanday izoh berdi?

Yangi metro vagoni tomidan suv sizib çiqdi. «Toşkent metropoliteni» bunga qanday izoh berdi?

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi metro vagoni tomidan suv tomçilari sizib çiqayotgani aks etgan video tarqaldi.

«Toşkent metropoliteni»ning uşbu hodisa böyiça maʼlum qilişiça, holat vagon içidagi iqlim tizimining drenaj teşigi tiqilib qolganligidan hosil bölgan. 

«Videolarda namoyiş etilganidek, vagon saloniga tomdan sizib kirgan suv tomçilari bu yomğir suvi emas, balki konditsioner tizimining kondensatidir», - deyiladi maʼlumotda. 

Taʼkidlanişiça, ayni paytda uşbu muammo bartaraf etilgan. Kelib çiqqan noqulayliklar uçun uzr söralgan. 

×