Deputat IIV taşabbusi haqida: "Şaxsan men tiş-tirnoğim bilan bunga qarşiman va barça hamkasblarimni bunga çaqiraman" (parda masalasi)

Deputat IIV taşabbusi haqida: "Şaxsan men tiş-tirnoğim bilan bunga qarşiman va barça hamkasblarimni bunga çaqiraman" (parda masalasi)

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev özining Telegram-kanalida Içki işlar vazirligining «Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 126-moddasiga özgartiriş kiritiş haqida»gi qonuni loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.

Kodekslar qonun sifatida qabul qilinib, uning xalq vakillaridan iborat parlament tomonidan amalga oşirilişi demokratik huquqiy jamiyatning muhim belgilaridan biri, deyiş mumkin. Yaxşiyamki şunday.

Hurmatli IIV masʼullari! Biz köp yillar davomida yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun aholi daromadiga mos tuşmaydigan jarimalar qöllaş orqali haydovçilarda juda köplab eʼtirozlar paydo bölişiga sabab böldik. Qars ikki qöldan deganidek, bunda deputatlarning ham hissasi borligidan köz yuma olmayman. Biroq bundan manfaatdor idora yoki toifa aynan deputatlar emasligini töliq işonç bilan ayta olaman. Va bunda hamma harakatlar, avvalo, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş uçun, degan maqsadga işonganmiz.

Biroq asosiy masala bunda emas, balki IIV tomonidan sönggi vaqtlarda avotomobillarning orqa eşigiga parda örnatiş böyiça amalda mavjud bölmagan çeklovni tan olmay zörma-zöraki qilinayotgan harakatda. Bir qaraşda bu katta masala emasdir, biroq tenglik, adolat va işonç nuqtai nazaridan bu menga muhim.

Mazkur masalada fuqarolarning orqa eşikka parda taqişlariga heç qanday tösiq yöqligi hatto bir neçta sudlarda isbotini topgan, şuningdek, biz deputatlar tomonidan bir neça bor çiqişlar qilingan bölsa ham, IIV YHXB masʼullarining buni «xato, sizlar nima desanglar ham biz haqmiz», qabilida iş qilinişi yurtdoşlarimiz oldida hurmatning susayişiga sabab bölmoqda. Şunça bilim, tajriba va salohiyatga ega mustaqil sudlarga, xalq vakillariga bunçalik işonmay, ularni inkor qilişning sababi nimada, şunga hayronmiz.

Agar IIV YHXB masʼullari şunçalik haq ekan unda nima uçun «Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 126-moddasiga özgartiş kiritiş haqida»gi qonun loyihasini tayyorlab, uşbu moddadagi haydovçilar avtomobillarining orqa eşiklariga parda taqqanlik uçun javobgar bölişdan ozod qiladigan aynan «haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatiş» degan jumlani «tevarak-atrofni körişni çeklaydigan», deya yaʼni «haydovçi örnidan» degan sözni çiqarib taşlaşni taklif etmoqda. Bu orqali haydovçilarning avtomobillarning orqa eşigiga parda taqiş huquqi töliq çeklanadi.

Bundan anglaşiladiki, IIVning biz haqmiz, degan daʼvosi aslida notöğri bölib, endi sözda sobit turiş uçun qaysarlik bilan qonunni özgartirişmoqçi.

Biroq hozir deputatlarimiz ança faol va odamlarning dardini har qaçongidan köra yaqinroq his qilişadi. Ayniqsa, sönggi yillarda Prezidentimiz taşabbusi barça sohalar qatori parlament aʼzolarining ham xalq bilan qilayotgan yanada yaqin muloqotlari xalqimizni qiynayotgan masalalarni yaqindan his qilişda muhim omil bölmoqda.

Şu bois deputatlarning qölidan ötadigan uşbu loyiha katta umid bilan qabul qilinmay rad etilişiga işonaman. Şaxsan men tiş-tirnoğim bilan bunga qarşiman va barça hamkasblarimni bunga çaqiraman.

IIV masʼullariga esa xalqimizga xos mardlik, oliyjanoblik kabi hislatlarga mos ravişda iş tutib, asosiy eʼtiborlarini «Içki işlar organlari töğrisida»gi Qonun talablariga sözsiz rioya etiş hamda öz tizimida «Mehnat kodeksi»dagi iş vaqti va iş yuklamasiga oid talablarga töliq amal qilişga eʼtiborlarini qaratişlarini sörab qolgan bölardim.

Heç birimizni işimizga bölgan hafsala va toqat qiliş fazilati tark etmasin!

Rasul Kuşerbayev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Teglar:
×