Hukumatning 11 noyabr kungi tegişli qarori bilan yöl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişga oid amaldagi tartibga özgariş kiritildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unga köra, 2021 yil 1 yanvardan boşlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga oliş texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglaştiriladi hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda belgilangan tartibda körib çiqiladi.
Ilgari faqat videoregistratorda tasvirga tuşirilib, yuborilgan tasvirlargina körib çiqilar, lekin boşqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qöllaş uçun asos böla olmas edi.
Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tuşirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborişlari mumkin, deyilgan xabarda.
Manba: Kun.Uz









