Endi yöllardagi ayrim qoidabuzarliklarga jarima yozilmaydi

Endi yöllardagi ayrim qoidabuzarliklarga jarima yozilmaydi

Özbekistonda yöllardagi yengil qoidabuzarliklar uçun ogohlantiriş berilişi mumkin. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan “Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasida söz boradi.

Qayd etilişiça, ayrim xorijiy davlatlarda maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uçun jarima jazolaridan taşqari “oğzaki ogohlantiriş” va “ogohlantiriş” jazosi bor. Bunda birinçi marta kam ahamiyatli maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar jarimaga tortiş örniga, sodir etgan qilmişining ijtimoiy oqibatlarini tuşuntirgan holda ogohlantiriladi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga “maʼmuriy ogohlantiriş” jazo çorasini kiritiş va ijtimoiy xavfliligi kam bölgan yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun ogohlantiriş jazosini qöllaşni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Xususan, quyidagi tartiblarni öz içiga olgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan ilgari surildi:

  • transport vositasini boşqariş jarayonida kamar taqmaslik, texnik körikdan ötkazmaganlik, tegişli jihozlar bilan taʼminlanmaganlik, boşqariş davomida telefondan foydalaniş, monitordan foydalaniş, töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş, majburiy suğurta talablarini buziş, piyodalar va boşqa yöl harakati iştirokçilarining yöl harakati qoidalariga amal qilmasligi kabi holatlar uçun ogohlantiriş qöllaniladi. Bunday ogohlantiriş bir yilda bir marta qöllaniladi; 

  • kamera va radarlar orqali qayd qilingan huquqbuzarliklar böyiça qaror bir oydan keçiktirib çiqarilgan bölsa, jarima qöllanilmaydi. Yöl çiziqlarini bosganlik kamera orqali qayd etilmaydi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilingan.


×