Sof tilda sözlamaganlar uçun jarima

Sof tilda sözlamaganlar uçun jarima

Quyidagi keltirilgan hikoya 1960-1980 yillari Moskva şahrida Markaziy oliy öquv yurtlarida tahsil olgan bir guruh özbekistonlik talaba va aspirantlar xotiralaridan iborat «Mezon-fidoiylik» nomli kitobda keltirilgan.

Asar mualliflari N.Möminov va A Ğaniyev öşa davrlarda Moskva oliygohlarida tahsil olişgan.

Moskva energetika instituti, 407-xona. Sof tilda sözlamaganlar uçun jarima

...1963 yil. Moskva energetika instituti (MEI) talabalar şaharçasi. Talabalar şaharçasi institut yonida joylaşgan bölib, barça qulayliklarga ega edi. Talabalar yotoqxonalarining har bir xonasida 3 yoki 4 kişi joylaştirilardi.  

Faqat çet ellik talabalarning har biriga alohida xona berilardi. Çet ellik talabalar «Yurtdoşlar» jamiyatini tuzib, özlari orasida «sardor» (starosta) saylaşar edi. Sardor özi yaşab turgan xonaning eşigiga  öz mamlakatining bayroği ramzini yelim bilan yopiştirib qöyardi. Şu xonada vatandoşlari bilan suhbatlar, «Yurtdoşlar»ga tegişli masalalarni muhokama qilişardi.

MEIning elektroenergetika fakulteti talabalari talabalar şaharçasidagi 7-korpusda joylaşgan edi. Şu korpusning  407-xonasida talabalar – Abdusapi Ğaniyev, Qahramon Allayev va Şavkat Rahimov turişardi. Ular özlarining xona eşigiga xuddi çet ellik «yurtdoşlar» sardorlari kabi, Özbekiston bayroği ramzini yopiştirib qöyişdi. Uşbu xona 1963-1973 yillarda Moskva şahridagi oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar markaziga aylanib qolgan va bu xonaga turli oliy öquv yurtlarida özbekistonlik talabalar orasidan saylangan «sardorlar» tez-tez kelib turişar edi... 

...Xonadon egalari öşa yillari ajoyib bir taşviqot uyuştirişdi.

Xonadagi stol ustiga 3 litrlik şişa idiş qöyilgan. Xonaga kirgan vatandoşlardan bu xonada rus tiliga özbek tilini aralaştirmasdan, va, barobar, özbek tiliga rusça sözlarni qöşmasdan gapiriş şartini tuşuntirişardi. Kimda-kim şartni buzsa, har aralaşgan söz evaziga 3 tiyin jarima tayinlangan bölib, uni şişa idişga taşlaşi kerak edi. (3 tiyinga uçta quti gugurt, yoki bir stakan gazli şirin suv yoki şirin çoy sotib oliş mumkin edi. Tramvayda bir tarafga xohlagan manzilgaça yetib borişi mumkin edi, çunki çipta narxi ham 3 tiyin bölgan).

Sof tilda sözlamaganlarga jarima tayinlaş tartibi ilk kiritilgan kunlari, xonadon egalarining  nutqida mavjud bölgan sözlar aralaşuvi son-sanoqsiz bölib, şişa idiş jarima tangalariga tezda tölib qolaverdi. Biroq iqtisodiy çora öz samarasini berib, yigitlar luğatlarga murojaat qilib, tez kunlarda öz tilini ançagina «tozalaşga» erişdilar. Xonaga taşrif buyurgan özbekistonliklar bu «öyinga» qiziqib qatnaşişar, lekin urf bölib qolgan aralaş sözlaşuv dastidan kissalaridagi mayda pullar tezda idiş içiga ravona bölar edi. Ayrimlari jahli çiqqandek «mana ollaring» deb biratulasi tiyinlik jarima örniga bir rubl taşlab, keyin esa miriqib, rus-özbek tilini xohlagança aralaştirib, «qavatli» qilib, könglini böşatib olardi ham. Bu «şartni» hamma töğri tuşunişi uçunmi, xonadagi javon eşigiga Alişer Navoiyning quyidagi sözlari yozilgan qoğoz yopiştirilgan edi: «Tilga eʼtibor – elga eʼtibor».

407-xonadagi bu odat yillar buyi davom etdi, mezbonlar va mehmonlar ham xonaga kirganda tiliga ehtiyot bölişar edi, özbek tilida toza gapirişga ançagina örganişgan, yon daftarlariga  yangi sözlarning tarjimasini yozib qöyişardi. Şişa idişning barakasi uçib, tölmay qolar va şanba yoki yakşanba kuni jamoa uçun uyuştiriladigan palov xarajatiga yetmay qolar edi. Buning çorasi ham topildi, xonadon egalari, bir ovozdan, har bir aralaştirib aytilgan söz uçun jarima miqdorini 3 tiyindan 5 tiyingaça oşirişdi...

Qiziği şundaki, uşbu taşviqot jarayoni yillar ötib bugungi kunda ham ayrim joylarda turliça qöllanilib kelinmoqda ekan. Masalan, Rossiya Nazorat Qömitasining rahbari Aleksandr Jarov «Rossiya-24» telekanalida 2017 yilning 19 sentyabrida bergan intervyusida, qöpol sözlaşişni kamaytiriş böyiça daʼvat qilib, özi rahbarlik qilayotgan taşkilotda bunday hollarda har bir qöpol ibora uçun timsoliy bir rubldan jarima tölaşni taklif qilgan. Yiğilgan mablağ xayriya tadbirlarga işlatilib kelmoqda. Jarovning fikriça, uşbu jarayonni keng tarzda nafaqat bir taşkilot miqyosida, hatto internet, radio, televideniye va boşqa ommaviy axborot vositalarida ham qöllansa maqsadga muvofiq bölib, amaliy natijalarga erişiş mumkin.

Bizning misolimizda, şu kabi tadbirlar kun sayin öz ustingda işlaş, davlat tilida sof sözlaşiş va fikrlaşni örganiş, millatparvarlik ruhini şaklantirişga olib kelgan omillardan biri edi...

×