Toşkentda kislorodli kontsentratorlar qöldan sotilmoqda: ularning narxi 300-600 dollarni taşkil etadi

Toşkentda kislorodli kontsentratorlar qöldan sotilmoqda: ularning narxi 300-600 dollarni taşkil etadi

Toşkentda koronavirus bilan kasallangan bemorlar uçun kislorodli kontsentratorlar qöldan sotilmoqda. Ularning narxi 300dollardan 600 dollargaça taşkil etadi. Ayrim “usta”lar qölbola apparatlarni taklif qilişmoqda. Muxbirimiz xabar berişiça, ularning narxi taxminan 400 ming söm atrofida.

Kun sayin kislorodli kontsentratorlarga talab ortib borayotgani haqida Facebookdagi "Potrebitel.uz" hamjamiyati xabar bermoqda. Mazkur apparatlar koronavirus infektsiyasining oğir şakli bilan uyda davolanadigan oğir bemorlar uçun kerak. Ammo, guruhning taʼkidlaşiça, bunga imkoniyatlari borlar har ehtimolga qarşi sotib olişmoqda.

Toşkentda beş litrli kislorodli kontsentrator apparatini qöldan 500-600 dollarga, uç litrlisini esa 300 dollarga sotib oliş mumkin.

Gaz payvandlovçilar qölbola vositalardan yiğilgan öz mahsulotlarini taklif qilişmoqda. Bunda gaz payvandlaş yöli bilan tayyorlangan kislorod balloni 300 ming söm, uni töldiriş 75 ming söm, transfuziya tizimi va bankasi 10 ming sömga tuşadi. Bunday qurilmadagi kislorod 48 soatga yetadi.

Kislorodli yostiqçalar narxi ham oşib bormoqda. Ötgan haftada ular 75 ming söm turgan bölsa, ayni paytda 300 ming sömdan sotilmoqda. Şu bilan birga, ulardagi kislorod faqat bir neça daqiqaga yetadi.

Guruhda maʼlum qilinişiça, xususiy savdogarlar öpkani sunʼiy şamollatiş apparatlarini ham sotişni boşlaşgan. Şunisi qiziqki, ular bu apparatlarni sotiş böyiça eʼlonni çop etib, bir neça daqiqadan söng öçirib taşlaşmoqda.

×