Xalqaro olimlar guruhi öz yulduzi atrofida qarama-qarşi yönalişda aylanadigan Neptun hajmidagi sayyorani aniqladi. Bu haqda “SciTechDaily” xabar berdi.
Qayd etilişiça, astronomlar yuqori aniqlikdagi spektrograf yordamida retrograd orbitaga ega bölgan GJ 3090 b ekzosayyorasini kaşf etgan. Uning orbital öqining qiyalik burçagi taxminan 136 darajani taşkil etadi, bu esa jismning yorqin yulduzning öz aylaniş yönalişiga qarşi harakatlanayotganini tasdiqlaydi. Bu galaktikadagi kiçik va sovuq yulduzlarda qayd etilgan birinçi şunday hodisa.
Odatda sayyoralar öz yulduzi bilan birga bir xil gaz-çang diskidan hosil böladi va u bilan bir tomonga harakatlanadi. Anomaliyani tuşuntiriş uçun tadqiqotçilar ekzosayyorani öz tortişiş kuçi bilan yölidan adaştirib yuborgan bölişi mumkin bölgan boşqa massiv jismni atrofdan topişga harakat qilgan, ammo heç narsa aniqlay olmagan. Endi mutaxassislar ilk bosqiçda tizim taşqi fazodan ikkinçi diskni tutib olgan va aynan u sayyoraga yangi yönaliş bergan, deb taxmin qilmoqda.
Kaşfiyot koinotda sayyoralar tizimlarining şakllanişi haqidagi anʼanaviy qaraşlarni şubha ostiga qöymoqda. Olimlar qizil mittilarda bunday anomaliyalar qançalik tez-tez uçraşini va taşqi muhit yoş yulduz tizimlarining rivojlanişiga qanday taʼsir qilişini aniqlaş uçun obʼektni kuzatişni davom ettirişni rejalaştirmoqda.









