Taniqli fazogir Solijon Şaripov 24 avgust kuni 55 yoşni qarşiladi. U bilan bir neça yil oldin Toşkentda ötkazilgan xalqaro anjumanda körişib suhbatlaşgan edik. Yubiley bahonai sabab bölib, fazogir bilan intervyu-monologni eʼtiboringizga havola etmoqdamiz.
Ilk vazifalar – supur-sidir, mol-hol, bozor-öçar
Uçuvçi bölaman degan orzu tört-beş yoşimda paydo bölgan. Teng-töşlarim bilan toğu toşda öynab yurgan paytim samolyot pastlab uçib ötgan edi. Samolyotni boşqarib ketayotgan uçuvçilarni aniq körganman öşanda. Halloslagança uyga çopib kelib, onamga samolyot va uçuvçilarni körganimni hovliqib aytib berganman.
Onam «Sen ham yaxşi öqisang, ularga öxşab osmonga uçasan», degandilar...
Özgandagi oddiy özbek oilasida tuğilib ösdim. Dadam – qirq hunar egasi, qaysi iş öng kelsa, öşani qilib ketavergan. Onam umrini yetti farzand tarbiyasiga bağişlagan bolajon ayol. Dadam oliy maʼlumot olmagan bölsa ham, kitobsevar edi, turli-tuman ilmiy jurnallarga obuna bölardi. Men dunyoni öşa jurnallar orqali tanidim. Mutolaa qişloqning çang köçalarida yalangoyoq çopib yurgan bolakay uçun yangi, tilsimlarga boy olamni oçdi. Iş köpligidan köproq keçalari öqişga töğri kelardi. Dadam koyib bermaguniça, allamahalga dovur közimni işqalab kitob-jurnal titkilab ötiraverardim.
Maktabni osongina bitirganman. Gazeta-jurnallar taʼsirida dunyoqaraşim xiyla kengayib qolgani uçun fanlarning qiyinçiligi yöq edi. Uy vazifasini ön daqiqada tayyorlardim. Şunaqa tez harakat qilmasam ham bölmasdi-da. Katta akam armiyaga ketgan, ukam hali dastyorlikka yaramaydi, yoş boşim bilan hamma uy yumuşlarini qilişim kerak edi. Uy tozalaş, mol-holga qaraş, bozor-öçar… gardanimda edi.

Aviatsiya bilim yurti imtihonida yiqilganman...
Böş qoldim degunça kutubxonaga çopardim. Aviatsiya, kosmonavtika böyiça kitoblarni bitta qöymay xatm qilganman, qayta-qayta qölga olaverganimdan yod bölib ketgan. Maktabni bitiriş arafasi hamma sinfdoşlarim «endi nima qilarkanman»ga tuşib qolgan paytda men aniq töxtamga kelib bölgandim.
Örta maʼlumot şahodatnomasi qölga tegişi bilan Orenburg aviatsiya bilim yurtiga otlandim (birinçi fazogir Yuriy Gagarin şu yerda tahsil olgan). Ammo dastlabki uriniş köngildagidek bölmadi. Uyga qaytdim. Oğaynilarim Andijondagi örta maxsus bilim yurtiga hujjat topşirayotgan ekan. Men ham qatordan qolmay deb buxgalterlik yönalişiga öqişga kirdim. Şu ixtisoslik böyiça diplom oldim, ammo ayni sohada bir kun ham işlamadim. Bu orada harbiy xizmatga çaqirib qolişdi. Uzoq Şarqda – harbiy havo kuçlariga qaraşli qismda aviamexanik bölib xizmat qildim. Keyin Xarkov oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga öqişga kirdim. Tört yil uçuvçilik sirlarini örgandim.
Jonibekov bergan saboq
1990 yili Moskvadagi kosmonavtlar markazida tayyorgarlik boşladim, hali fazogirlikka nomzodman. Töğri, bilim yurtini bitirganman, qölimda diplom bor, ammo bu hujjat nomzodlikka ötişga yaraydi, xolos. Fazogir böliş uçun esa oldinda igna bilan quduq qazişdan ham oğir mehnat kutib turardi. Markazga borgan ilk kunlarim Vladimir Jonibekov bilan uçraşib qoldim. Maşhur kosmonavt bilan hayiqibgina körişdim. Qisqa tanişuvdan keyin «Uçmoqçimisan?» deb cavol berdi. «Albatta!» dedim qatʼiyat bilan. «Atrofingdagi döstlaring bilan teng bölsang, heç qaçon uçolmaysan. Agar uçişdan umiding bölsa, ulardan bir boş baland böl!» dedi Vladimir Jonibekov. Qisqa uçraşuv menga qattiq taʼsir qildi. Maşina kalitini burab öt oldirasiz-ku, bu gap ham meni şunday harakatga keltirib yubordi...

Fazogir qanday sinovlardan ötadi?
Fazogirlikka nomzod umumiy kosmonavtlik tayyorgarligini ötaşi kerak. Bu yuzdan ortiq eksperiment, jismoniy va aqliy sinovlarni öz içiga oladi. Sinovlardan ötganlar keyingi bosqiçda katta hayʼatga imtihon topşiradi. Nomzodlik imtihonini muvaffaqiyatli topşirganlar kosmonavt-sinovçi böladi. Biroq bu parvozga ruxsat tegdi degani emas. Hammasi şundan keyin boşlanadi. Endi kosmonavt-sinovçi bevosita guruh tarkibida real parvozga hozirlik köradi.
Markazda tört mingga yaqin odam işlaydi, fazogirlar esa öttiz atrofida. Yuzlab mutaxassis şu bir siqimgina jamoa tegrasida parvona. Uçamiz, paraşyutdan sakraymiz, favqulodda holatlarda özimizni sinaymiz, harbiy kemani miridan sirigaça örganamiz. Har bir yönaliş böyiça alohida instruktor.
Beşikdan qabrgaça ilm izla, deyiladi-ku hadisda, kosmonavtning hayoti ham xuddi şunday. Bu orada kiroyi talabadek ilmiy-tadqiqot institutlariga borib, astronomiya, biofizika, tibbiyot va boşqa sohalar böyiça dars olib kelamiz. Ortingizdan psixolog yuradi, har qadamingizni tahlil qiladi. Aqliy va jismoniy maşğulotlar, sinovlar sakkiz yildan ön beş yilgaça davom etişi mumkin. Xudoga şukr, ön beş yil kutişimga hojat bölmadi, yetti yilda barça talablarni ado etib, parvozga ruxsat oldim.
1997 yili AQŞning «Endeavour» şattli uçişi kerak, amerikalik astronavtlar ekipajiga Rossiyadan ham vakil olinadigan böldi. Nomzod ingliz tilini mukammal bilişi şart. Öşanda inglizçani bilişim rosa asqotdi. Önga yaqin nomzod orasidan meni tasdiqlaşdi. Bölmasa, röyxatda donği ketgan fazogirlar ham bor edi.
Fazoda Yaratganning qudratini teran his qilasiz
Ha, çindan ham şunday: fazoda banda Yaratganning qudratini butun vujudi bilan his qiladi. Pastga qarasangiz, möʼjazgina sayyora, çor tomonga qarasangiz – çeksizlik! Biror fotokamera suratga tuşira olmaydigan bu manzara fikru xayolingizni ostin-ustun qilib yuboradi. Hayot va borliqning mazmun-mohiyati haqida öylaysiz. Odam dunyoni bilgani sari özligini ham anglab boradi, degan gap töğri.
Millionlab musulmonlarni ohanrabo kabi öziga tortadigan Kaʼbatulloh körinadi, vaqtni ham qörquvga solgan ehromlar… Yevropaning katta şaharlari tunda boşqaça manzara kasb etadi: şunday çaroğonki, yangi yil arçasi deysiz. Ammo Osiyo tomonga ötsangiz, zim-ziyo – elektr iqtisod qilinadi-da.
Vaqt tez ötayotgandek tuyuladi. Meʼyorga köra 7-8 soat uxlanadi. Ertalabdan turib işga kirişiladi, kunlar bir siqim, köz oçib yumgunça ötadi-ketadi. Keçqurun Yerga qilingan işlar hisoboti beriladi. Amerika şattlida parvoz ön kun davom etgan. «Soyuz TMA-5» ekspeditsiyasi 192 kunga çözilgan. Bundan 12 kuni oçiq fazoda keçdi. Oddiy odamlar uçun oçiq fazoga çiqiş romantika bölib körinadi. Aslida, sarguzaştdek tuyulgan bu jarayonni hayot-mamot kuraşi deyiş mumkin. Kemadan oçiq fazoga çiqqanda, yuragingiz qinidan çiqqudek bölib ura boşlaydi, ongli qörquvni his qilamiz. Sukunat, jimjitlik, kimsasizlik... Tomirlaringizda qon oqayotganini eşitgandek bölasiz. Muvozanatni uşlab turiş uçun maxsus moslama bilan harakatlanasiz, skafandrning oğirligi 110 kilodan oşadi. Qadamingizni bejo taşlasangiz, tamom, kemaga qaytolmaysiz. Osmon – yiroq, yer – qattiq! Şunday vaziyatda muvozanatni saqlab qoliş haqida öylabgina qolmay, belgilangan vazifalarni ham bajariş kerak. Har 45 daqiqada kun çiqib botadi. Atrof yorişgan paytda işlanadi, qoronğilik yopirilib kelgan mahal dam olib turiladi. Biz qora deb ataydigan rang fazoda butkul boşqaça körinadi.

Nomaʼlum uçuvçi jismlar bormi?
Abdulla Oripovning bir şeʼrida öqigandim, şoir Yerni Quvaning anoriga öxşatgan: «Qarşimda Yer şarin suvrati turar, salmoği Quvaning anoriça bor...» Işonçim komilki, şoir fazoga çiqib, Yerni köriş imkoniga ega bölganida bundan ham kutilmagan öxşatiş topişi aniq edi. Çunki öşa holat va kayfiyatni söz bilan ifodalaş imkonsiz. Deylik, siz gilos yemagan bölsangiz, uni har qança taʼriflamay, baribir taʼmini his qilolmaysiz-ku.
Baʼzida boşqa sayyoralarda hayot borligiga işonasizmi, deb sörab qolişadi. Men özga sayyoraliklar yoki nomaʼlum uçuvçi jismlarni közim bilan körmaganman. Lekin savqi tabiiy bilan boşqa galaktika va sayyoralarda ham hayot bölsa kerak, deb taxmin qilaman. Eng yaqin yulduzga yoruğlik tezligida ikki yil uçiş kerak, yana ayrim yulduzlarga yetiş uçun millionlab yil ketadi. Öşa olis yulduzlarda odamzod kabi, balki undan ham aqlliroq mavjudotlar borligiga işongim keladi...
Parvoz payti ikki oy yeguliksiz qolib ketganmiz
Har kuni «forma»da böliş uçun fazoda ham doimiy jismoniy maşqlar qilib turiladi. Aks holda, muskullar böşaşib, suyaklar yumşab ketadi. Fazogirlar ovqat örniga tugmadek tabletka bilan jon saqlaydi, deb öylaydi köpçilik. Vitamin va boşqa foydali moddalar bilan quvvatni oşiriş uçun tabletka isteʼmol qilinadi. Ammo bu asosiy ovqatimiz emas. Xalqaro kosmik stantsiyaga Yerdan vaqti-vaqti bilan maxsus qadoqlangan yeguliklar yuboriladi, ularga qaynoq suv qöşilsa, beş daqiqada taom tayyor böladi. Yana, konservalangan mahsulotlar…
Fazoga çiqiş köngiloçar sayohat emas. Eng uzoq davom etgan 2004 yilgi parvoz payti ikki oy oziq-ovqatsiz qolib ketganmiz. Yegulik keltiradigan kema keçikkan. Amerikalik hamkasbim bilan bir mayizni teng bölişib yeganmiz, har kuni konserva bankadagi bir oşam yegulikka qanoat qilamiz. Non yöq, yaxşiki, suvimiz bor...
Fazogirlarga turli ovqatlar taklif qilinadi, ammo odam baribir milliy taomlarni soğinadi. Osmonu falakda özbekça palov yeganmiz, desam işonasizmi? 1997 yili Amerika şattlida uçişimiz arafasida Özganning maşhur guruçidan Xyustonga olib borganman (AQŞning fazoviy tadqiqotlar böyiça milliy markazi – NASA qarorgohi şu şaharda joylaşgan). Parvoz oldidan palovxontöra damlab, özimiz bilan olib ketdik. Havo kemamiz xalqaro stantsiyaga yetib borgaç, oşni ekipaj aʼzolari bilan baham kördik. Oşimizning taʼmi amerikalik hamkasblarning ham oğzida qolgan.
Men uçun eng qiyini...
Hayotda turli qiyinçiliklar, kutilmagan holatlar böladi, ularga sabr qilasiz. Ammo baʼzida oilaga köproq ğamxörlik qiliş kerakligi yodga tuşadi. Ötayotgan vaqtingizni öylaysiz, agar boşqa kasbning etagidan tutganimda, balki köproq daromad qiliş, oilaviy xarajatlarni qoplaş uçun mömayroq pul topiş imkoni bölarmidi, degan mulohazaga borasiz. Hozirgaça kosmonavtdan millioner çiqmagan… Ammo insoniyat taraqqiyoti, fan ravnaqi uçun nimdir qilayapman, degan işonç sizga tasalli va kuç beradi, özingizni tetik his qilasiz.
Gohida temir intizom va qatʼiy rejimni biroz bölsa-da böşaştirgingiz keladi, biroq bu ham imkonsiz. Fazogirlik kasb emas, hayot tarzi, deyişadi-ku. Işda ham, uyda ham kosmonavtligingizça qolasiz.
Motsart effekti
Kosmonavt uçiş payti özi bilan çeklangan vaznda buyum olişi mumkin. Men Özbekiston va Qirğiziston bayroği, özbek döppisi, yaqinlarimning suratlari hamda bir dasta mumtoz kuylarimiz yozilgan disklarni olvolganman.
Rosti, musiqa menga falak ilmidan ham köproq zavqu şavq beradi. Osmonga çiqqanda mumtoz kuylarimizni eşitib, butkul özgaça zavqni tuydim. Umuman, musiqa faqat maʼnaviy ozuqa berib qolmay, inson ongiga, miya faoliyatiga ham ijobiy taʼsir etadi. Odam yaxşi kuy eşitganda, genlari faollaşadi, oqsil işlab çiqariş köpayadi va bu xotiraning kuçayişiga xizmat qiladi. Motsart effekti nazariyasi böyiça ham musiqa IQ, yaʼni intellektual salohiyatni kötarişga kömak beradi.
Qahramon bölişdan inson böliş qiyinroq
Odamzodga vaqt deb atalgan bebaho boylik berilgan. U şunday resurski, qayta tiklanmaydi. Çoyxonada yonboşlagança valaqlab, umrini bekorga ötkazayotganlarni körsam, hayron qolaman: nahot bu odamlar hayotga yana qayta kelaman, deb öylasa! Qanday soha, qanday kasbu kor bölmasin, muvaffaqiyatga erişiş uçun avvalo, vaqtni töğri idora etiş lozim. Katta maqsadlarga erişmoqçi bölgan odam oldiga katta talablar qöyişni ham bilişi kerak. Asosiysi, iş deb odamgarçilikdan çiqib ketmaslik zarur. Hamişa qahramon bölib yaşaşning imkoni yöqdir, lekin har doim inson bölib qoliş mumkin. Bu qahramonlikdan qiyinroq, aslida...
Sobir Salim yozib olgan
Tarjimai holga çizgilar
- Solijon Şaripov – taniqli özbek kosmonavti, Rossiya Federatsiyasi va Qirğiziston Respublikasi Qahramoni, Özbekiston Respublikasining «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni, AQŞning «Kosmik parvoz uçun» medali sohibi.
- 1998 yil 23-31 yanvarda Amerikaning «Endeavour» kemasida fazoga parvoz qilgan. 2004 yili «Soyuz TMA-5» havo kemasi komandiri sifatida ikkinçi bor Xalqaro fazoviy stantsiyaga çiqqan. 400 soatdan ziyod vaqt davomida oçiq fazoda bölgan.
- Polkovnik Şaripov ayni vaqtda Rossiya kosmonavtlarni tayyorlaş ilmiy-tadqiqot sinov markazida faoliyat yuritmoqda.
Manba: Xabar uz
INTERVYUFAZOGIRSOLIJON ŞARIPOVÖZGA SAYYORALAR









