Buzz Bingo kompaniyasi 2019 yilda Instagram ijtimoiy tarmoğida eng köp pul topgan yulduzlar röyxatini tuzib çiqdi.
Unga köra, 2019 yilda Instagram sahifasi orqali 38,2 mln funt sterling işlab topgan Kriştianu Ronaldu yetakçilik qilmoqda. Ronalduning har bir reklama posti uçun 780 ming funt sterling (1 million AQŞ dollaridan köproq) atrofida pul tölanadi.
Lionel Messi – 2019 yilda Instagram orqali daromadi 18,7 mln funt sterling, 1 dona reklama postining narxi 518 ming funt sterling atrofida.
Keyingi örinlarda supermodel Kendall Jenner – 12,7 mln funt sterling bilan, uning singlisi Kayli Jenner, futbolçilar Devid Bekxem, Neymar, Zlatan Ibrohimoviç, Ronaldino va qöşiqçi Selena Gomeslar ham joy olgan.









