Nurmagomedovga Meyvezer bilan jang uçun 100 million dollar berişmoqçi

Nurmagomedovga Meyvezer bilan jang uçun 100 million dollar berişmoqçi

UFC jangçisi Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulazizning maʼlum qilişiça, saudiyaliklar Habibning amerikaçilik boksçi Floyd Meyvezer bilan jang ötkazişiga katta qiziqiş bildirişmoqda.

Abdulazizning aytişiça, agarda doğistonlik 31 yoşli sportçi Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni poytaxti)da Meyvezer bilan jang ötkazişga könsa, gonorari miqdori 100 mln. dollar böladi.

Menejerning qöşimça qilişiça, saudiyaliklar Nurmagomedovning Makgregorga qarşi jangi ham Ar-Riyodda ötkazilişidan umidvor, buning uçun ham 100 mln. dollar taklif etişyapti.

Habib Nurmagomedov 19 aprel kuni amerikalik Toni Fergyusonga qarşi UFC mutlaq çempionligi uçun oktagonga kötariladi. Şu taşkilot rahbari Dana Uayt rossiyalik sportçi ğalaba qozongan taqdirda irlandiyalik Konon Makgregor bilan revanş jangi ötkazilişidan umidvor.

×