Özbekiston va Afğoniston energetika böyiça 243 mln dollarlik şartnoma imzoladi

Özbekiston va Afğoniston energetika böyiça 243 mln dollarlik şartnoma imzoladi

Afğonistondagi “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) va Özbekiston Energetika vazirligi örtasida elektr uzatiş va podstantsiyalar quriş böyiça umumiy qiymati 243 million dollarlik törtta kelişuv imzolandi. Bu haqda DABS'ning ijtiomiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Afğonistonda elektr energiyasining eng muhim xizmatlarini körsatiş va ularni isteʼmolçilarga yetkazib beriş maqsadida quyidagi yirik loyihalar böyiça şartnomalar imzolandi:

  • Quvvati 1000 megavatt bölgan 500 kilovoltlik Surxondan Daşt-Alvongaça bölgan elektr uzatiş liniyasini uzaytiriş.
  • Quvvati 800 megavolt-amper (MVA) bölgan Arğandeh podstantsiyasini kengaytiriş.
  • Nangarhor viloyatida Şayx Mesri podstantsiyasi qurilişi.
  • 220 kilovoltlik Qobul-Nangarhor (Şayx Mesri) elektr uzatiş liniyasini kengaytiriş.

Uşbu yirik loyihalarni imzolaş marosimida Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati boş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi Mulla Abdul Ğani Barodar, Davlat korporatsiyalari boş boşqarmasi boşliği Mavlaviy Ahmad Jon Bilol, boşqa qator rasmiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Marosim davomida DABS boş ijroçi direktori Abdul Bari Umar törtta kelişuvni mamlakatda işonçli elektr taʼminoti xizmatlarini taʼminlaş uçun muhim deb taʼrifladi. Uning sözlariga köra, bu loyihalar savdo, sanoat va qişloq xöjaligi sohalarini rivojlantirişga yordam beradi va pirovardida muhim milliy taraqqiyotga yöl oçadi.

Xuddi şunday, Özbekiston Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov öz nutqida uşbu yirik loyihalar ikki döst xalq rahbarlarining mustahkam qöşma hamkorligi va uzluksiz saʼy-harakatlari samarasi ekanini taʼkidlagan. U yangi imzolangan loyihalarni amalga oşirişda ikki tomon hamjihatlikda iş olib borişini bildirgan.

Ayni şu marosimda DABS va Özbekiston kompaniyalari örtasida ön yil muddatga elektr energiyasini xarid qiliş böyiça şartnoma imzolangan.

×