AQŞ Davlat departamenti Afğoniston va Pokistondagi «Xuroson viloyati» (IŞID bölimi) yetakçisi Şahab al-Muhojirning qölga olinişi yoki joylaşgan joyini aniqlaşga yordam beradigan maʼlumot uçun 10 million dollar mukofot vaʼda qildi.
Bu haqda Afğoniston xalqaro telekanali maʼlum qilgan.
2020 yil iyun oyida al-Muhojir «Xuroson viloyati» rahbari böldi, «IŞID Afğonistonda sodir etilgan barça hujumlar uçun javobgardir».
Davlat departamentining daʼvo qilişiça, al-Muhojir Afğonistonda partizan operatsiyalarini taşkil qiliş, murakkab xudkuşlik hujumlarini rejalaştiriş va amalga oşirişda iştirok etgan.
Şunday hujumlardan biri 2021 yilning 26 avgustida, AQŞ qöşinlari Kobul aeroportidan olib çiqilişining sönggi kunlarida, IŞIDning xudkuş-terrorçisi olomonni portlatib yuborganida sodir böldi. Hodisa oqibatida 173 kişi, jumladan 13 nafar amerikalik askar halok bölgan.
Davlat departamenti, şuningdek, hujum uçun javobgarlarni hibsga olişga yordam beruvçi maʼlumot uçun 10 million dollar mukofot vaʼda qilgan.
Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengaşining IŞID jangarilari va Al-Qoidaga qarşi sanktsiyalarni nazorat qiliş guruhi Şahab al-Muhojirni sanktsiyalar röyxatiga kiritgan edi.









