Joriy yilning 21 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida “Uzbekistan GTL” zavodi işçilarini ğalayon kötarişga undaganlar jazolanmaydi. Işçlar bilan faqatgina suhbat ötkazildi. Bu haqda Energetika vazirining örinbosari Behzot Normatov QALAMPIR.UZ’ga maʼlum qildi.
“Uzbekistan GTL”da ovqatlaniş joylariga elektron kiriş tizimi işdan çiqqani uçun noroziliklar yuz bergan. Balki ungaça ham mayda muammolar mavjud bölgandir. Bular yiğilib kelib, oşxonadagi nosozlikka kelganda norozilikka aylanib ketgan. “Enter Engineering” kompaniyasi rahbariyati, Energetika vazirligi, mahalliy hokimiyat tezkor ravişda joyiga çiqib, ular bilan suhbatlaşdi. Hamma kelişmovçiliklar joyida hal qilindi”, deydi Behzot Normatov.
Unga köra, norozilik ertalab soat 7:30 da boşlangan bölsa, birlamçi guruh soat 9:00 da yetib borgan. Keçka yaqin guruhlar öşa yerga yetib borib, işçilar bilan davra suhbati ötkazilgan va ularning muammolari eşitilgan.
Vazir örinbosari noroziliklar maoş berilmayotgani sabab yuzaga kelgani haqidagi fikrlarga ham töxtalib ötdi va maoşda muammo bölmaginini maʼlum qildi.
“Maoş böyiça muammolar kötarilmagan. “Enter Engineering” bergan maʼlumotga köra, maoşlar öz vaqtida berib borilyapti. Masalan, sentyabr oyining maoşi oktyabr oyining 15 sanasidan oxirigaça berilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi 3-4 oylab maoş berilmagan degan fikrlar asosga ega emas”, deydi Normatov.
U isyonni boşlaşga undaganlarga qanday çora körilişi haqidagi savolga javoban işçilar bilan tuşuntiriş işlari olib borilganini maʼlum qildi.
“Menda ularga nisbatan moliyaviy, maʼmuriy yoki boşqa çoralar körilgani haqida maʼlumot yöq. bunday bölişi ham mumkin emas. Agar eʼtirozlar qonuniy, tuşunsa böladigan bölsa, ularga nisbatan çora körilişi adolatdan bölmaydi”, deya fikr bildirdi Normatov.
Şuningdek, işçilarga berilayotgan ovqatlar xususida eʼtirozlar tasdiğini topgan bölsa, boş pudratçi “Enter Engineering” kompaniyasiga tegişli körsatmalar berilganini aytib ötdi.
Eslatib ötamiz, işçilarning ommaviy noroziligi va nazoratsizligi taşkilotning boş pudratçisi "Enter Engineering, Hyundai Engineering, subpudratçilar hamda buyurtmaçi "Uzbekistan GTL" ofisining vayron qilinişiga sabab bölgan. Şuningdek, vaqtinçali inşootlar: oşxona, omborxona va boşqalar ham talafot körgan.
Hodisada bir neça kişi, jumladan, oşxona, kadrlar bölimi, “Enter Engineering” muhandis-texnik xodimlariga tan jarohati yetgan. Şuningdek, omborxonalarni yoqib yuborişga urinişlar bölgan. Yonğin öçoqlari tezda bartaraf etilgan.
Hodisa joyiga yetb borgan Energetika vaziri Alişer Sultonov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Özbekneftgaz” AJ vakillari voqea joyiga borib, norozilikda iştirok etgan işçilar bilan uçraşgan.









