Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Vagner” xususiy harbiy şirkati rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan boşlangan harbiy isyonga munosabat bildirdi.
“Zulm yölini tanlagan har bir kimsa oxir-oqibat öz boşini yeydi. Minglab askarlarni qirğinbarotga yuboradi, pirovardida esa özi qurollantirgan şaxslardan himoyalaniş uçun Moskva viloyatida barrika ortiga yaşirinadi. Rossiya uzoq yillar öz zaifligi va boşqaruvdagi uquvsizligini propaganda yöli bilan niqoblab keldi. Endi boşboşdoqlik şu qadar kuçaydiki, oyni etak bilan yopib bölmay qoldi”, – deb yozdi Ukraina rahbari.
Zelenskiy hozirgi vaziyatda rus qöşinini Ukraina tuproğidan olib çiqiş ketiş aqlli qaror ekanini urğulagan.
“Rossiyaning kuçsizligi, har tomonlama zaifligi kundek ravşan bölib qoldi. Rossiya bizning zaminda öz qöşini va yollanma askarlarni qança köp saqlab tursa, boşboşdoqlik, uqubat va muammolar şunça köpayadi”, – deb ogohlantirdi V.Zelenskiy.
Eslatib ötamiz, “Vagner” xususiy harbiy şirkati xöjayini Yevgeniy Prigojin 23 iyun kuni keçqurun Rossiya mudofaa vazirligi rahbariyatiga nisbatan keskin ayblovlar ilgari surib, “adolat yurişi” boşlaganini eʼlon qildi. Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Prigojinning bayonoti ortidan qurolli töntarişga çaqiriş fakti böyiça jinoiy iş qözğadi.
Bu orada “vagner”çilar Rostov şahri, xususan, Janubiy harbiy okrug ştabini egallagani xabar qilindi. Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Yunusbek Yevkurov bilan suhbatlaşgan Prigojin mudofaa vaziri Sergey Şoygu va boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov uning oldiga kelmasa, Moskvaga qöşin tortib borişini aytdi.
24 iyun kuni Rossiya xalqiga murojaat yöllagan prezident Vladimir Putin Prigojinning harakatlarini “orqadan piçoq uriş” va “xiyonat” deb atadi.
Putinning murojaatiga javob bergan Prigojin u xatoga yöl qöyayotganini taʼkidladi.
“Vatanga xiyonat” bobida prezident qattiq adaşadi. Biz öz yurtining vatanparvarlarimiz. Biz, “Vagner” jangçilari şu kunga qadar jang qildik va yana janglarni davom ettiramiz. Heç kim Prezident, FXX yoki boşqa birovning talabi bilan boş egib bormoqçi emas. Çunki biz mamlakat yana korruptsiya, yolğon va byurokratiya domida yaşaşini istamaymiz”, – deya sobiq xöjasiga qarşi bayonot berdi Prigojin.









