Özbekiston hududini Rossiyaga qöşib oliş daʼvosi bilan çiqqan rus propagandaçi-amaldori, «Spravedlivaya Rossiya – za pravdu» partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinga nisbatan heç qanday jazo çorasi qöllanmaydi. Bu haqda mazkur partiya raisi Sergey Mironov maʼlum qildi.
«Zaxar Prilepin – yozuvçi va bu (Özbekistonni anneksiya qiliş haqidagi daʼvo – tahr.) uning emotsiyasi mahsuli. U Sovet Ittifoqini qömsayotgani kundek ravşan. Özbekistonda unga nisbatan qizğin aks sado yangragani va hatto bizning taşqi işlar vazirligimiz munosabat bildirganidan hayron böldim. Men bunga jiddiy ahamiyat qaratmagan bölardim. Unga nisbatan biror bir jazo çorasi qöllanişi haqida gap bölişi mumkin emas», – deydi S.Mironov TASS muxbiri savoliga javob berar ekan.
Partiya raisi Zaxar Prilepin tilidan çiqqan sözlar uning yozuvçi sifatida şaxsiy fikri ekanini qayd etgan.
Avval xabar berganimizdek, propagandaçi va harbiy zobit Zaxar Prilepinning Özbekiston hududini Rossiyaga qöşib oliş haqidagi daʼvosi mamlakatimiz ahlining keskin eʼtiroziga sabab böldi.
Provokatsion bayonot ortidan Rossiyaning Toşkentdagi elçisi Oleg Malginov Özbekiston taşqi işlar vazirligiga çaqirildi.
Rus elçisi nizoli bayonotning Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yöqligini taʼkidlagan bölsa-da, özbekistonlik siyosatşunoslar Kreml imperiyaçilik ğoyasidan voz keçmasligi, binobarin, şunga muvofiq ravişda kerakli çoralar köriş kerakligini taʼkidlamoqda.









