Forbes Uzbekistan öz faoliyatini töxtatdi. Spot’ning maʼlum qilişiça, sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari avgust oxirlarida yangilanişdan töxtagan, sentyabrda esa ştat tarqatib yuborilgan.
Maʼlumotlarga köra, Forbes Uzbekistan tahririyati öz hamkorlarini sentyabr boşida elektron va bosma naşrlari işi muzlatilgani töğrisida xabardor qilgan. Biroq hozirça bu borada rasmiy maʼlumot yöq.
Forbes Kazakhstan naşriga egalik qiluvçi qozoq biznesmeni Armanjan Baytasovga tegişli kompaniya Özbekistondagi faoliyatini qayta tiklaşi mumkin, çunki mazkur huquq va Forbes Uzbekistan hamon unga tegişli.
Özbekistonda Forbes jurnali jop etilişi töğrisida 2019 yilning dekabrida maʼlum bölgandi. 2020 yilning martida esa «Forbes.uz» elektron versiyasi iş boşlagan.
Armanjan Baytasovning sözlariga köra, bosma naşrni aprel oyida çiqariş rejalaştirilgan, biroq bunga koronavirus pandemiyasi xalaqit berib qolgan. Keyinroq naşrning ilk sonini çop etiş yozga köçirilgan. Ammo Forbes Uzbekistan’ning bosma versiyasi yozda ham çiqmadi. Loyihaning muzlatilişiga moliyalaştiriş masalalari sabab bölgani aytilmoqda.









