“Uzbekistan Airways” maʼlumotlari darknetda sotuvga qöyildimi?

“Uzbekistan Airways” maʼlumotlari darknetda sotuvga qöyildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Uzbekistan Airways”ga tegişli 300 GBlik baza maʼlumotlari darknetda sotilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Şu bilan boğliq suratlarda mazkur saytda turli davlatlar fuqarolarining pasport nusxalari joylaştirilgani aks etadi.

“Uzbekistan Airways” mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda axborot tizimlariga ruxsatsiz kiriş yoki yölovçilar va xodimlarning şaxsiy maʼlumotlarini oşkor qiliş (komprometatsiya) bilan boğliq birorta ham tasdiqlangan hodisa qayd etilmagan. 

“Barça infratuzilma odatdagi tartibda işlamoqda. Bir qator naşrlarda göyoki maʼlumotlar sizib çiqqanining isboti sifatida keltirilgan misollar işonçsiz va haqiqatga töğri kelmaydi. Materiallarda körsatilgan maʼlumotlar bizning axborot tizimlarimizga aloqador emas va dastlabki taxminlarga köra, hodisa mavjudligi haqida notöğri taassurot qoldiriş maqsadida sunʼiy ravişda yaratilgan yoki tahrirlangan bölişi mumkin”, deyiladi xabarda.

Şunga qaramay, “Uzbekistan Airways” axborot tahdidlariga javob beriş böyiça amaldagi tartib-qoidalar doirasida xizmat tekşiruvi ötkazilayotganini maʼlum qildi. 

“Heç qanday maʼlumotlar komprometatsiya qilinmaganiga qaramay, natijalar bundan keyin himoya darajasini yanada kuçaytiriş maqsadida qöllaniladi”, deyiladi rasmiy xabarda.


×