iPhone 12 ning asosiy kamçiligi maʼlum qilindi

iPhone 12 ning asosiy kamçiligi maʼlum qilindi

iPhone 12 liniyasidagi iPhone 12 Pro smartfonining kamçiligi - batareyasining işlaş muddati kamligida. Bu haqda "The Verge" naşrida maʼlum qilingan.  iPhone 12 Pro batareyasining işlaş muddati 4G va 5G tarmoqlari örtasida juda katta farq qiladi. Bu haqda naşr Boş muharriri Nilay Patel taʼkidlagan.  Smartfonning batareyasi muddatini sinab köriş maqsadida jurnalist beşinçi avlodning barqaror tarmoği zonasi mavjud bölgan Nyu-Yorkka borgan. Natijalar uning hafsalasini pir qilgan. Ekran taxminan 2,5 soat yonib turgandan söng, smartfonda 18 foiz quvvat qolgan. Patel 5G va mmWave tarmoqlaridan foydalanganda farq yana ham sezilarli bölişini taʼkidlagan. Çunki mmWave'da köproq energiya sarflanadi. Yuqoridagi muammolarni Engadget mualliflari ham tasdiqlagan. Ular smartfon batareyasining işlaş muddati köproq bölişini xohlovçilarga seriyaning yoş modellarini emas, balki iPhone 12 Pro Max'ni sotib olişni maslahat berişgan. Şunday qilib, Amerika naşrlari mualliflari batareyasining işlaş muddati kamligi - yangi smartfonlarning asosiy kamçiliklaridan biri ekanligini aytmoqda. Şuningdek, "The Verge" Boş muharriri batareyaning işlaş muddati bilan boğliq vaziyatga oydinlik kiritiş uçun Apple'ga murojaat qilgan. Kompaniya vakillari akkumulyator batareyasi töliq bir kunga yetişini aytgan. Jurnalistning xulosasiga köra 2019 yilda taqdim etilgan iPhone 11 smartfonlari batareyasining işlaş muddati hozirgi flagmanlarga qaraganda yaxşiroq. Maʼlumot uçun, joriy yilning 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi uzoq kutilgan yangi iPhone 12 smartfonini namoyiş qilgandi. 

×