Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov namanganlik paxtakorlarni yillik şartnoma majburiyatini bajargani bilan tabrikladi.
«Qadrli, mehnatkaş, zahmatkaş, lafzi halol namanganliklar!
Siz qadrdonlarni şu kunlarda öta maşaqqatli, şu bilan birga, şarafli mehnatingiz evaziga 200 ming tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, şartnoma majburiyatingizni ado etganingiz bilan samimiy tabriklayman.
Bu yilgi mavsumda pandemiya şaroitida vujudga kelgan murakkab muammo va qiyinçiliklarga qaramay har qaçongidan ham köproq kuç va imkoniyatlarni safarbar etib, işni oqilona va samarali taşkil etib, özini ayamasdan jonbozlik körsatgan barça hokimlar boşçiligidagi sektor rahbarlari, klasterlarga, fermer va dehqonlarimizga, suvçi va mexanizatorlarga, qişloq xöjaligiga xizmat körsatuvçi taşkilotlarning mutaxassis va mutasaddilariga, köpni körgan oqsoqol faxriylarimizga minnatdorlik bildiraman va barçangizni bağrimga bosib qolaman.
Barçangizga mustahkam soğlik-salomatlik, masʼuliyatli işlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Namanganimiz xirmoni yuksalaversin!» — deyiladi Xayrullo Bozorov tabrigida.
Öz navbatida, Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov farğonaliklar va Xayrullo Bozorovga tabrik uçun minnatdorlik bildirgan.









