Xayrulla Bozorov Farğona viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Xayrulla Bozorov Farğona viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Farğona şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yil sentyabr oyidan buyon Farğona viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Xayrulla Bozorov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Sessiyada Xalq deputatlari, yoşlar, oqsoqollar sözga çiqib, nomzodni qöllab-quvvatladi. Ovozga qöyiş natijalariga köra, Xayrulla Bozorov Farğona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. 

X.Bozorov 1976 yilda Namangan viloyatining Çortoq tumanida tuğilgan. Bank sohasida turli lavozimlarda işlagan. U 2015-2020 yillarda Namangan viloyati hokimi vazifasida işlagan. 

×