Namangan, Andijon, Farğona viloyatlari aholisi ogohlantirildi

Farğona vodiysi viloyatlarining toğli hududlarida va vodiyning Qirğiz Respublikasi bilan çegaradoş hududlarida kutilayotgan mahalliy yomğirlar hisobiga, 29-31 iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarining toğ oldi va toğli hududlarida sel keliş xavfi bor. 

Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq uç kunlik yuqori haroratdan söng Özbekiston böylab biroz salqin havo bölişi maʼlum qilingandi. 

×