Farğona şahri hokimi vazirga örinbosar böldi

Farğona şahri hokimi vazirga örinbosar böldi

Mirzohid Murodiloviç Ubaydullayev Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining örinbosari – Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi direktori lavomizimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzoxid Ubaydullayev 1976 yilda Farğona viloyati Farğona şahrida tuğilgan, maʼlumoti oliy. 1999 yilda  Farğona politexnika institutini tamomlagan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabida tahsil olgan.

Öz faoliyatini 1999 yilda Farğona şahar Qirguli tuman hokimligi moliya bölimi budjet böyiça iqtisodçisi sifatida boşlagan.

2005 yildan Farğona viloyati Ğaznaçilik boşqarmasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.

2014-2015 yillarda Farğona viloyati hokimligi moliya boşqarmasi boşliği.

2015- 2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlab kelgan.

2016-2020 yillarda Farğona viloyati Marğilon şahar hokimi.

2020-2021 yillarda Farğona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar, Farğona viloyati Farğona şahri hokimi lavozimida işlagan.

×