Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bel sohasida jarrohlik amaliyotini ötkazdi. Hokim bir oydirki Toşkentda çuqurlaştirilgan tibbiy davolaniş muolajalarini olmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot kotibi Dilmurod Jumaboyev maʼlum qildi.
Unga köra, Xayrullo Bozorov 27 iyundan boşlab Toşkent şahrida çuqurlaştirilgan tibbiy davolanişda bölib turibdi hamda sekvestrlangan bel umurtqa çurrasi diagnozi bilan bel sohasida kiçik jarrohlik amaliyoti ötkazgan.
Viloyat hokimi hozirda statsionar şaroitda reabilitatsiya jarayonini ötkazmoqda, işlarni masofadan onlayn tarzda muvofiqlaştirib bormoqda. Jumaboyev yaqin kunlarda viloyat hokimi odatiy iş faoliyatiga qaytişini qöşimça qilgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi bilan boğliq tarqalayotgan miş mişlarga işonmasligingizni söraymiz. Yolğon axborot tarqatganlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud ekanini eslatib ötamiz”, deya sözini yakunlagan hokimlik vakili.









