Özbekistonda ikkita aeroport tuman sabab faoliyatini töxtatdi

Özbekistonda ikkita aeroport tuman sabab faoliyatini töxtatdi

Bugun, 29 dekabr kuni Namangan va Andijon aeroportlarini qalin tuman qoplagani sabab samolyotlar parvozlarni amalga oşirolmadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, kuçli tuman tufayli köriş masofasi 50 metrgaça pasaygan. Natijada “Ural” aviakompaniyasining Qozondan parvoz qilgan SVR2161 reysi soat 08:48 da Namanganga qöna olmay, Toşkentdagi zaxira aerodromiga yönaltirilgan.

Yana bir - HY9620 reysi ham noqulay ob-havo şaroiti tufayli Namanganga qöna olmagan va Farğonadagi zaxira aerodromga jönab ketgan.

Andijon aeroportida ham xuddi şunday holat kuzatilgan. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskvadan uçgan HY-622/621 reysi soat 10:45 da belgilangan aeroportga qöna olmay, Farğonadagi zaxira aerodromga jönatilgan.

“Meteorologiya xizmati prognozlariga köra, uşbu aeroportlar ob-havo şaroiti tufayli taxminan soat 14:00 gaça yopiladi. Rejalaştirilgan barça reyslar eng yaqin zaxira aerodromlarga yönaltiriladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

×