Bugungi kunda dunyoda taxminan 658 million ayol turli kompaniyalarning asosçilari va egalari hisoblanadi. Taqqoslaş uçun, erkaklar orasida bu körsatkiç 722 millionni taşkil etadi. Bu haqda Global Entrepreneurship Monitor maʼlumotlariga tayanib, “Forbes” jurnali xabar berdi.
Ayol tadbirkorlarning yutuqlari va sinovlarini eʼtirof etiş maqsadida “Forbes” ilk marta butun dunyo böyiça öz boyligini mustaqil tarzda orttirgan 50 nafar eng boy ayol reytingini tuzgan.
“Bu ayollar kollagendan tortib to kömirgaça bölgan sohalarda boylik orttirgan – 13 mamlakat va 4 qitʼadan (hozirda Afrika yoki Janubiy Amerikadan birortasi yöq). Ularning umumiy boyligi 276 milliard dollarni taşkil etadi, bu har biriga örtaça 5,5 milliard dollardan töğri keladi”, deyiladi xabarda.
Dunyodagi öz boyligini mustaqil orttirgan eng boy ayol deb şveytsariyalik kemasozlik magnati Rafaela Aponte-Diamant eʼlon qilindi. Uning sof boyligi 38,8 milliard dollarni taşkil qiladi.
U va eri Janluiji Aponte Mediterranean Shipping Company (MSC) kompaniyasiga asos solgan. Hozir bu kompaniya dunyodagi eng yirik yuk taşuvçi kompaniya bölib, 136 mingdan ortiq xodim, 900 ta kema va 675 ta ofisga ega. Rafaela kompaniyani 200 000 dollarlik kredit yordamida boşlagan. Bu pul bilan ular ilk kemani xarid qilgan va 9 yil içida flotni 17 ta kemagaça kengaytirgan. 80 yoşida u hali ham kemalar intereri va bezagi dizayniga javob beradi va MSC jamğarmasi boşqaruv kengaşiga aʼzo bölib qolmoqda.
Ikkinçi örinda – amerikalik Dayan Hendriks. Uning boyligi 22,3 milliard dollar. U ABC Supply kompaniyasining hammuassisi bölib, bu kompaniya tom yopiş, taşqi pardozlaş materiallari va boşqa quriliş materiallari yetkazib beriş böyiça eng yirik distribyutorlardan biridir.
Uçinçi örinda xitoylik sobiq kimyo öqituvçisi Çjun Xueytszyan. Uning boyligi 15,6 milliard dollar. U 1995 yilda Hansoh Pharmaceuticals kompaniyasiga asos solgan va 4 yil ötib öpka saratoni keç bosqiçlarini davolaş uçun Gainuo dorisi bilan katta yutuqqa erişgan. Hansoh’ning yillik daromadi 1,7 milliard dollarni taşkil etadi. Kompaniya onkologik, infektsion va autoimmun kasalliklarni davolaşga ixtisoslaşgan.
Törtinçi örinda yana bir xitoylik ayol – Çjou Tsyunfey. Uning boyligi 10 milliard dollar. U Lens Technology kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya sensorli ekranlar işlab çiqaradi va mijozlari orasida Apple, Samsung, Tesla bor. Sobiq migratsion işçi bölgan Çjou kompaniya asosini 1993 yilda boşlab, 136 mingdan ortiq işçi va 9,5 milliard dollar yillik savdoga erişgan.
Reytingdagi boşqa ayollar:
- Deniz Kouts (Buyuk Britaniya) – 8,5 mlrd dollar. U akasi bilan birga onlayn qimor öyinlari platformasini boşqaradi.
- Judi Folkner (AQŞ) – 7,8 mlrd dollar. U tibbiy dasturiy taʼminot işlab çiqaruvçi Epic Systems kompaniyasiga asos solgan.
- Van Layçun (Gonkong) – 7,2 mlrd dollar. U elektron komponentlar işlab çiqaruvçi Luxshare Precision Industry kompaniyasiga egalik qiladi.
- Marian Iliç (AQŞ) – 6,9 mlrd dollar. U Little Caesars pitsaxonalari tarmoği egasi.
- Lin Tan (Kanada) – 6,6 mlrd dollar. U marketing dasturlari va onlayn öyinlar bilan şuğullanuvçi AppLovin kompaniyasining investori.
- Linda Resnik (AQŞ) – 6,3 mlrd dollar. U eri bilan birga Wonderful Company qişloq xöjaligi kompaniyasini asos solgan.









