Germaniya hukumati rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning qariyb 600 million dollarlik yaxtasini musodara qildi. Bu haqda keça, 2 mart kuni “Forbes” jurnali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga köra, 156 metrlik Dilbar yaxtasi Germaniya şimolidagi Gamburg şahrida musodara qilingan.
Yevropa Ittifoqi 28 fevral kuni mamlakat siyosatçilari, jurnalistlari, madaniyat arboblariga, jumladan USM xolding asosçisi va eng yirik aktsiyadori Alişer Usmonovga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi. Ularning barçasiga Yevropa Ittifoqiga kiriş taqiqlangan, agar ular jamiyat hududida topilsa, aktivlari muzlatiladi, deyiladi hujjatda.
Avvalroq Alişer Usmonov Yevropa Ittifoqi öziga nisbatan sanktsiyalar joriy qilgani yuzasidan fikrlarini bildirgandi.
“28 fevral kuni Yevropa Ittifoqi menga nisbatan sanktsiyalarni joriy qildi. Buni adolatsiz qaror deb bilaman va sanktsiyalarni oqlaydigan sabablar mening şaʼnim, qadr-qimmatim hamda işçanlik obrö-eʼtiborimni kamsituvçi yolğon ayblovlardir. Men öz şaʼnim va obröyimni himoya qiliş uçun barça qonuniy vositalardan foydalanaman”, degan Alişer Usmonov bayonotida.









