Karantin vaqtida yolğon va tekşirilmagan hamda odamlarda vahima yaratadigan xabarlar tarqatadigan şaxslarga nisbatan amaldagi qonunçilik doirasida jinoiy javobgarlikkaça bölgan çoralar köriladi.
Bu haqda 15 mart, yakşanba kuni, Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça körilayotgan çoralarga bağişlagan brifingda maʼlum qilindi.
«Daryo» muxbirining xabar berişiça, bu masalaga töxtalar ekan, boş vazir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan avtomobillar narxi oşişiga qarşi norozilik aktsiyasi ötkazişga çaqiruvlarni eslab ötdi.
Boş vazirning alohida qayd etişiça, norozilik aktsiyasini ötkaziş çaqiruvi bilan tarmoqlarda xabar tarqatgan yigit uşlangan. «Hozir u: hazillaşgandim deb, yiğlab ötiribdi», — dedi Abdulla Aripov.
Hukumat rahbarining alohida qayd etişiça, bu yigitga nisbatan ham qonunda belgilangan çora köriladi.









