“Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini işlab çiqaradigan zavod qurilişi 2020 yil oktyabr oyining oxirigaça boşlanişi kutilmoqda.
Maʼlum qilinişiça, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Koreys-özbek assotsiatsiyasi raisining birinçi örinbosari Kim Çang Keon bilan uçraşgan.
Uçraşuv davomida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini işlab çiqaradigan zavod qurilişi böyiça loyihani amalga oşirişning keyingi amaliy bosqiçlari böyiça kelişuvlarga erişildi.
“Hyundai Motors” Janubiy Koreya kompaniyasining investitsion loyihaning texnik parametrlarini hal etişiga qarab, loyihani amalga oşirişni 2020 yil oktyabr oyining oxirigaça boşlaş möljallanayotgani taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.
Şuningdek, tijorat avtomobillari uçun butlovçi va ehtiyot qismlari işlab çiqarişni mahalliylaştirişga yönaltirilgan istiqboldagi qöşma loyihalar böyiça fikr almaşildi.









