Nuroniylarni har tomonlama qöllab- quvvatlaşga oid 10 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi

Nuroniylarni har tomonlama qöllab- quvvatlaşga oid 10 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi

Joriy yilning 1 aprelidan boşlab şaroiti oğir va kam taʼminlangan keksalarning dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi. Bu haqda keça, 15 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorda belgilandi. 

Qaror bilan keksalarga quyidagi şaroitlar yaratilmoqda: 

•  jamğarma mablağlari hisobidan özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va yolğiz yaşaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul soğlomlaştiriladi; 

•  şaroiti oğir va kam taʼminlangan keksalarga şifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib çiqib dori vositalari;

•  tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi; 

•  oğir taşxisli kasalliklari hamda nogironligi bölgan keksalarga şifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib çiqib dori vositalarining 50 foizigaça bölgan summasi kompensatsiya qilinadi.

Bunda, dori vositalarining röyxati Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegişli summasi kompensatsiya qilinadi.

Şuningdek, keksalarning jismoniy tarbiya va sport yönalişidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boşqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişlari uçun abonement xarajatlari, davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uçun çipta narxlari töliq qoplab beriladi.

Bundan taşqari, keksalarning respublikadagi diqqatga sazovor joylarga sayyohlik safarlarini taşkil etiş maqsadida ikkita zamonaviy avtobus xarid qilinadi hamda tarixiy şaharlar va diqqatga sazovor joylar röyxati şakllantirilib, tumanlar (şaharlar) kesimida avtobuslar qatnovlari grafigi tasdiqlanadi.

Joriy yilda jamğarma mablağlarining amalda özlaştirilişiga qarab davlat byudjetidan 50 milliard söm ajratiladi.

×